Futzal. “So'g'diyona” - “Qo'qon-1912”. O'yindan keyingi fikrlar
09 iyu 2018 10:59
Yangiliklar


Futzal. “So'g'diyona” - “Qo'qon-1912”. O'yindan keyingi fikrlar
O'yindan so'ng “So'g'diyona” futzal jamoasi bosh murabbiyi Oybek Abduraxmonov o'yin borasida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
- Bugun yigitlar iroda ko'rsatdi. Og'ir o'yin o'tkazdik. Muhimi g'alaba qozondik. Raxbariyat mavsumni 6 o'rinda yakunlashni vazifa qilib belgiladi. Davralar oralig'ida jamoa tarkibida katta o'zgarish qilish niyatidamiz. Maqsad sari olg'a yuramiz. Bizni qo'llab-quvvatlayotgan klub raxbariyatiga va muxlislarimizga katta raxmat – deydi Oybek Abduraxmonov.
- “Buxoro” jamoasiga qarshi o'yinda mag'lubiyatdan so'ng muxlislar qarshisida g'alaba qozonishimiz shart edi. Mashg'ulotlarda xatolarmiz ustida ishladik va bir jamoa bo'lib o'z ishqibozlarimiz qarshisida g'alaba qozondik. Ishlashda davom etamiz.Jamoadoshlarimga raxmat - deydi "So'g'diyona" darvozaboni Oybek Akmalov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar