So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  28 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Futzal. Rustam Tolibjonov: "CHempionat ishtirokchilari 18 million so'm badal to'lashadi" Yangiliklar

Futzal. Rustam Tolibjonov: "CHempionat ishtirokchilari 18 million so'm badal to'lashadi"

Ertaga rasman 2014 - 2015 yilgi futzal mavsumiga start beriladi. Yangi mavsum oldidan ayrim savollarimizga javob olish maqsadida O'zbekiston Futzal Associaciyasi ijrochi direktori Rustam Tolibjonovni suhbatga chorladik.
- Yangi mavsum uchun reglament tasdiqlandimi?
- Ha, yangi reglament tasdiqlandi, bu o'tgan yilgidan katta farq qilmaydi. XIX milliy chempionatimizning avvalgisidan farqi, jamoalarning nomida. "Turon-S" hamda "Stroitel Zarafshon" bu yil chempionatimizni tark etishgan bo'lsa, ularning o'rnida yangi tuzilgan ikkita jamoa - Olmaliqning "Olmaliq" va Qarshining "Nasaf" klublari chempionatda ishtirok etishadi. Jami bo'lib XIX milliy chempionatda 10ta jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. Hozirga kelib ishtirokchilarning barchasi zayavkalarni topshirib bo'lgan, 30 kishini zayavka qilish mumkin, shundan o'yin qaydnomasiga 14 kishi kiritiladi.

Bu yilgi mavsumdan boshlab 1995 yilda tug'ilgan va undan kichik o'yinchilar yosh futzalchilar deb hisoblanadi, agar klub bergan zayavkada yosh o'yinchilar bo'lsa, o'yin qaydnomasida kamida ikkita yosh o'yinchi bo'lishi shart.

- Klublar badal pullarini to'lashdimi va badal puli qanchani tashkil etadi?
- XIX milliy chempionatimizda qatnashuvchi 10 jamoaning barchasi badal pullarini to'lab bo'ldi. Badalning miqdoriga keladigan bo'lsak, chempionatda ishtirok uchun 18 million so'm, O'zbekiston kubogida qatnashish uchun 2 million so'm to'lashadi.

- Terma jamoa uchun keyingi rejalar tuzib olinganmi?
- Toshkentda bo'lib o'tadigan birinchi tur bellashuvlarini o'tkazib olganimizdan so'ng, rejaga ko'ra terma jamoa 3 noyabrdan Toshkentda yig'in boshlaydi. Hozirga kelib terma jamoaga 20 nafar futzalchi chaqirilgan, shulardan 15 nafari BAA terma jamoasi bilan bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinlariga olib ketiladi (BAA bilan 13-14 noyabrda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi).

- Murabbiylar shtabida o'zgarishlar bo'lmadimi?
- Hozircha yo'q. Bahodir Ahmedov bosh murabbiy bo'lsa, Nikolay Odushev yordamchi murabbiy.

- Dekabrga mo'ljallanayotgan turnir haqida nima deya olasiz?
- Dekabr oyida Toshkentda xalqaro turnir o'tkazamiz. Unda to'rtta terma jamoa qatnashadi. Hozircha O'zbekistondan tashqari, Qozog'iston hamda Ozarbayjon terma jamoalarining turnirda ishtirok etishi malum bo'lib ulgurdi. To'rtinchi ishtirokchining nomi esa yaqin kunlarda malum bo'ladi. Agar taklifimizga ijobiy javob olsak, bu Belarus terma jamoasi bo'lishi mumkin.
Turnir 1-3 dekabr kunlari bo'lib o'tadi. Ishtirokchilar bir kun oldin kelib mashg'ulot o'tkazishadi.

- Turnirda qatnashadigan terma jamoalarning xarajatlarini kim ko'taradi?
- Toshkentga etib kelish uchun aviachiptalar o'z hisoblaridan, qolgan barcha xarajatlar bizning, yani O'zbekiston futbol federaciyasi va O'zbekiston futzal associaciyasi hisobidan. Buni ichiga mehmonlarni kutib olish, ularni transport bilan taminlash, mehmonxona va mashg'ulot o'tkazish uchun sport zal bilan taminlash kabilar kiradi.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика