So’nggi yangiliklar

11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  5 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1

Futzal. Qatar murabbiyi Tiago Lino De Souza: "Eron, O'zbekiston, Yaponiya va Tailand favorit" Yangiliklar

Futzal. Qatar murabbiyi Tiago Lino De Souza: "Eron, O'zbekiston, Yaponiya va Tailand favorit"

Futzal bo'yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Tiago Lino De Souza bilan suhbat qurdik.

- Dekabr oyida O'zbekiston futzal terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdinglar. Ushbu terma jamoa haqida qanday fikr bildirasiz?
- O'zbekiston terma jamoasida juda yaxshi murabbiy bor va kuchli futzalchilar bor. Ular juda yaxshi taktikaga ega, futzalchilari ham jismonan juda kuchli. Ayniqsa standart vaziyatlardan mohirona foydalanshadi. Men Pulpisni juda yaxshi bilaman. U ushbu terma jamoalarda kamida 4 yoki besh yildan beri ishlab kelmoqda. Ushbu musobaqada O'zbekiston terma jamoasi g'olib bo'lish uchun asosiy davogar deb hisoblayman.

- O'zbekiston terma jamoasi “A” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruh haqida qanday fikr bildirasiz?
- “A” guruhida O'zbekiston va Livan terma jamoalari qolgan ikki terma jamoaga qaraganda kuchli hisoblanadi. Menimcha “A” guruhida O'zbekistonga kuchli bo'lmagan jamoalar raqiblik qiladi. O'zimizning “D” guruhiga keladigan bo'lsak, Avstraliya terma jamoasi ikki marotaba jahon chempionatida ishtirok etgan. Menimcha Yaponiya terma jamoasini barcha yaxshi biladi. Bizning guruhimizda jahon chempionatida ishtirok etgan ikkita terma jamoa bor.

- Bundan bir necha kun oldin O'zbekiston terma jamoasi vetnamlik futzalchilarga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga chiqishdi. Ushbu uchrashuvda (3:3) durang natija qayd etildi. Menimcha Vetnam terma jamoasidan ko'p narsa kutsa bo'ladi. Yoki fikrimga qo'shilmaysizmi?
- Balki shunday bo'lgandir ammo “A” guruhida O'zbekiston va Livan terma jamoalari yaqqol favorit hisoblanadi.

- O'zbekiston terma jamoasi ushbu turnirda g'alaba qozonishi mumkinmi?
- Fikrimcha Eron, O'zbekiston, Yaponiya va Tailand terma jamoalari ushbu turnir favoritlari hisoblanishadi. SHu to'rtta terma jamoalardan biri bu yilgi Osiyo chempionatida g'olib bo'lish mumkin.
 
Sotvoldiev Jahongir suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика