So’nggi yangiliklar

22:41Бразилия терма жамоаси ва "Милан" собиқ юлдузи Англиядан клуб сотиб олмоқчи  0 22:10"Ўзинг яхшимисан, Ромео?" — Дэвид Бекхэм "Манчестер Юнайтед" ғалабасидан сўнг ўғлининг устидан кулди  2 21:57"Ал Насср" ва "Ал Тавун" ўртасидаги 18-тур баҳси учун таркиблар маълум: Роналду асосий таркибда!  0 21:50РЕКОРД! "Фламенго" "Вест Хэм" футболчисини 41 миллион евродан қимматга сотиб олмоқда  1 21:30Паулу Фонсека "Лион" раҳбариятидан Эндрикни олиб қолишни сўради  1 21:00Флик: "Канселу жамоага яхши мослашяпти"  0 20:23Футзал харитаси: Барча йўллар Жакартага олиб боради  9 19:51Ўзбекистон терма жамоаси Хитой билан жанговар дуранг қайд этди  40 19:25АПЛнинг жорий мавсуми сўнгги йиллардаги энг зерикарлиси бўлмоқда  6 18:52"Кремонезе" дарвозабони ўйиндан кейин стадионда қолиб кетди  1 18:30"Локомотив" легионерининг ҳаётий ҳикояси  6 18:03"Металлург" тажрибали ҳужумчини таркибга қўшиб олади  10 17:38Гвардиола "Манчестер Сити"нинг ЕЧЛдаги ўйини олдидан йўқотишлар рўйхатини очиқлади  7 17:04Мексикада футбол ўйини вақтида 11 нафар одам отиб ўлдирилди  18 16:38Касадо "Барселона"дан кетиши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди: "Мен ҳеч қачон таслим бўлмайман"  27

Futzal. AGMK yarim finalda Yangiliklar

Futzal. AGMK yarim finalda

Futzal bo'yicha Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finalida AGMK Tailandning "Port FK" klubiga qarshi bellashdi.

Quyidagi sahifada uchrashuvdan onlayn translyaciyani kuzatib bordingiz.

Futzal

Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati

CHorak final

14.08.2019, 18:00

"Port FK" - AGMK 3:4

Gollar: M.Osamanmusa 39, 40, 40 -  D.CHoriev 3, 40,  I.Hamroev 26, A.Usmonov 35

"Port FK": Nuttapong Yemarip, Vatchara Laisri, Nattavut Srirangpirot, Tavatchai Rairat, Anukul Mini, Lertchai Issarasuvipakorn, CHaivat Jamgrajang, Saravut Jaipech, Tananchai CHombun, Markos Vinisius, Muhammad Osamanmusa, Kanison Pupun, Tanakul Vichienkun, Pornmongkol Srisubseang

AGMK — Darvozabon: 1.Rustam Umarov (sardor)

Futzalchilar: 4.Ixtiyor Ropiev, 5.Ilhomjon Hamroev, 6.Husniddin Nishonov, 7.Dilshod Rahmatov. 

Zaxira: 2.Abbosbek O'lmasbekov (darvozabon), 3.Mashrab Odilov, 8.Davron Valijonov, 10.Akbar Usmonov, 12.Davron CHoriev, 14.Anasxon Rahmatov, 9.Alan Aminov, 11.Temur Berdiev, 13.Islombek Biyto'raev.

Ogohlantirishlar: T.Berdiev 30, A.Rahmatov 38


YANGILASH


Oxirgi daqiqalari asabiy o'tgan uchrashuv nihoyasiga etdi. AGMK o'z tarixida ilk bor Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining yarim finaliga yo'l oldi. Tabriklaymiz!!!

40. Gol, Osamanmusa uchinchi golni urdi.

40. Gol, "Port" hisobni yana qisqartirdi.yu

40. Gooooooolllllll, Davron CHorievdan dubl.

39. Gol, Muhammad Osamanmusa hisobni qisqartirdi.

38. Raqibga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun Anasxon Rahmatov ogohlantirildi.

35. Goooooooolllllll, Akbar Usmonoooooovvv! Barakalla! Tezkor qarshi hujumga borgan AGMK futzalchilari uchinchi golni urishdi, Akbar yana o'z uslubida gol nishonladi. Gol bo'lgan vaziyatda raqib posboni Kanison to'pni - qanisan, qanisan... deb qidirgancha qolib ketdi))

33. Dilshod Rahmatovning kuchli zarbasiga aniqlik etishmadi.

32. Vinisius yana bir bor Umarov qarshisida yolg'iz qoldi, Rustamga qoyil!

31. Ixtiyor Ropievning chap oyoqda tepgan kuchli zarbasini Kanison qaytarib qoldiyu

30. "Port" o'ynovchi darvozabon bilan harakat qilmoqda. Timur Berdiev raqiblarga to'pni yon chiziqdan tezkor kiritishga halal bergani uchun ogohlantirildi.

29. Uhhh, Tananchay CHumbunning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. Sal qoldiya)

28. "Port" murabbiyi o'ynovchi darvozabonni tushirdi, Aleksandr Petrov esa taym aut oldi, besh raqibga qarshi qanday harakat qilishni ko'rsatib olishi kerak.

26. Gooooooolllllll, Akbar Usmonovning kuchli zarbasini kiper qaytardi, qaytgan to'pni esa Ilhom Hamroev boshi bilan darvozaga yo'lladi 0:2.

SHukrki, Rustam o'yinga qaytdi.

25. Ehhh, Umarovning jarohati jiddiyga o'xshamoqda, shifokorlar unga yana tibbiy yordam ko'rsatishmoqda.

24. Akbar Usmonov havodan kelayotgan to'pni bosh bilan Anasxonga tashlab berdi. Rahmatov esa to'pga zarba bera olmadi, teznik xato.

24. AGMK sardori Rustam Umarov chap qo'lidan jarohat oldi, yaxshi ham vaziyat jiddiy emas ekan.

23. Vatchara Laisri salgina noaniq zarba berdi. taylandliklar ikkinchi bo'limni juda faol boshlashdi.

23. Zarbaaa va Rustam Umarovdan ajoyib seyv! Markos Vinisius Rustam qarshisidan yolg'iz qoldi va kuchli zarba yo'lladi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi. Olg'a, AGMK!

AGMKning ustunligida o'tgan birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha Aleksandr Petrov shogirdlari 1:0 hisobida oldinda borishmoqda.

20. Bu safar CHorievning zarbasidan keyin Kanisondan chiroyli seyv.

20. Umarov yana bir bor AGMKni goldan qutqarib qoldi.

19. Xavfli vaziyat! Rustam Umarov o'z vaqtida oldinga yugurib chiqdi va raqibga zarba berishga imkon bermadi.

15. Rustam Umarovvv birga bir vaziyatda qutqardi.

15. Zarbaaa va ustun. Rahmatovning zargarona pasidan keyin Ropiev darvozaga tepdi. To'pni ustun qaytardi. Golga yaqinmiz...

13. Ehhhh, CHoriev bo'sh qolgan darvozaga to'pni to'g'rilab qo'ya olmadi. Mayli, keyingi safar gol bo'ladi.

13. Timur Berdievning avvaliga jarimadan, keyin esa yon chiziqdan kiritilgan to'pdan keyingi zarbasini darvozabon qaytardi.

12. Navbatdagi zarbaa, Ixtiyor Ropievning zarbasini darvozabon yana qaytardi. Bo'shashmanglar, yigitlar.

11. Ehhh, qanday vaziyat qo'ldan chiqdiya, avvaliga Ilhom Hamroev yakkama yakka holatdan zarba berdi, ketidan Nishonov kuchli va aniq zarba. Ikkala safar ham "Port FK" va Tailand terma jamoasi darvozaboni Kanison Phupun to'pni qaytarib yubordi.

10. Rustam Umarovvv, juda xavfli zarbani qaytarib qoldi afsonaviy darvozabonimiz.

10. Zarbaaaa, Anasxon Rahmatovning zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Hozir yigitlar ikkinchi golni ham urishadi degan hayolga borayapmiz, zarbalarimiz ortib bormoqda.

9. Akbar Usmonovning zarbasi to'g'ri kiperga bordi.

8. Ilhom Hamroevning yaqin masofadan tepgan to'pi salgina noto'g'ri yo'nalish oldi.

6. Nishonovning navbatdagi zarbasi ham juda kuchli, ammo biroz noaniq bo'ldi. Ko'z tegmasin, yigitlar.

6. Zarbaaa, burchak zarbasidan keyin Husniddin Nishonovning chap oyoqda tepgan to'pi darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

4. Nattavut deyarli bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi.

3. Gooooolllllll, Davron CHoriev chap tomondan kuchli zarba bilan hisobni ochdi. Barakalla!

Olmaliqliklar o'yinni yomon boshlashmadi. Bugungi raqib kuchli, ammo yosh futzalchilarning yonib turgan ko'zlari va o'ynashga bo'lgan ishtiyoqlari evaziga bugun g'alaba qozonishimiz mumkin.

2. Zarbaaa, Ixtiyor Ropiev birga-bir imkoniyatdan biroz noaniq zarba berdi.


Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика