Futzal. "Paxtakor" va AGMK 9-turda 100 foizli natija qayd etdi
26 dek 2020 12:46
Yangiliklar
Futzal. "Paxtakor" va AGMK 9-turda 100 foizli natija qayd etdi
Bu tur har uchala bahsda g'alaba qozongan jamoa "Paxtakor" bilan AGMK bo'ldi. Turnir jadvali peshqadami dastlab "Nasaf"ni 5:3, so'ngra "Bunyodkor"ni ham shu hisobda mag'lub etdi. Uchinchi kun o'yinida esa "Paxtakor" "Maksam-CHirchiq"qa qarshi bahs olib borib, 6:2 hisobida g'alabaga erishdi.
AGMKga kelsak, olmaliqliklar birinchi kun "Stroitel-Zrarafshon" va ikkinchi kun "Xuaxin Jizzax"dan ustun kelishdi. AGMKga "Buxoro" bilan uchinchi kun o'yinida texnik g'alaba yozildi.
Moliyaviy muammolar sabab "Buxoro" futzal klubi poytaxtga kela olmadi. SHu bois jamoaning uchala o'yiniga texnik mag'lubiyat yozildi. Bu turda "Lokomotiv" ikkita bahsda g'alaba qozonib, o'z hisobiga 6 ochko yozib qo'ydi.

23 dekabr kuni o'tkazilgan o'yinlar:
"Paxtakor" - "Nasaf" 5:3
"Metallurg" - "Maksam-CHirchiq" 4:1
"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 5:3
"Navbahor" - "Buxoro" +:-
AGMK - "Stroitel-Zarafshon" 5:3
"Qo'qon-1912" - "Xuaxin Jizzax" 2:6
24 dekabr kuni o'tkazilgan o'yinlar:
"Qo'qon-1912" - "Buxoro" +:-
AGMK - "Xuaxin Jizzax" 6:1
"Navbahor" - "Stroitel-Zarafshon" 6:3
"Nasaf" - "Metallurg" 6:2
"Maksam-CHirchiq" - "Lokomotiv" 3:0
"Bunyodkor" - "Paxtakor" 3:5
25 dekabr kuni o'tkazilgan o'yinlar:
"Lokomotiv" - "Nasaf" 5:4
"Paxtakor" - "Maksam-CHirchiq" 6:2
"Metallurg" - "Bunyodkor" 3:0
"Qo'qon-1912" - "Stroitel-Zarafshon" 3:3
"Navbahor" - "Xuaxin Jizzax" 4:6
AGMK - "Buxoro" +:-

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar