So’nggi yangiliklar

09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  0 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  10 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  2 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  2 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  4 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  8 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  13 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  12 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  21 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  25

Futzal. O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida kuchlar teng keldi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi dastlabki o'rtoqlik uchrashuvida kuchlar teng keldi

Futzal bo'yicha O'zbekiston va Tojikiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini yakunlandi.


O'zbekiston — Tojikiston 4:4

Jizzax. "So'g'diyona" sport majmuasi. 19.00

Hakamlar: Anatoliy Rubakov, Umid Po'latov, Erkin Ziyoviddinov

Xronometrist: Jahongir Allaev

Nazoratchi: SHerqul Allaev 

Gollar: Dilshod Rahmatov (7), Ixtiyor Ropiev (10), Husniddin Nishonov (19), Ilhom Hamroev (31) — Umid Qo'ziev (19), Bahodir Xo'jaev (25), Idris Yorov (30), Dilshod Salomov (33)

O'zbekiston: 12. Ravshan Eliboev, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 7. Dilshod Rahmatov, 10. Akbar Usmonov

Zaxira: 1. Rustam Umarov (s), 4. Ixtiyor Ropiev, 5. Muzaffar Ahadjonov, 6. Ilhomjon Hamroev, 8. Husniddin Nishonov, 9. Davlat Ibragimov, 11. SHahram Fahriddinov, 13. Aslbek Isroilov, 14. Hayrulla Solihov, 15. Qosimjon Safarov, 17. Daler Eshonqulov

Bosh murabbiy: Bahodir Ahmedov

Tojikiston: 1. Murodillo Aliqulov, 8. Bahodir Xo'jaev, 9. Rustam Hamidov, 11. Iqbol Vasitzoda, 12. Umid Qo'ziev

Zaxira: 3. Mirzorauv Umarov, 4. Nasratsho Ismoilov, 5. Abduqayum Umarov, 6. Idris Yorov, 7. SHavkat Halimov, 10. Nekruz Alimaxmadov, 13. Baxtiyor Soliev, 14. Dilshod Salomov (s), 15. Xudobaxsh Mirzoev, 16. Jamshed Fayziev, 2. Firuz Bozmamadov

Bosh murabbiy: Payrav Vahidov


YANGILASH


Uchrashuv yakunlandi! Ko'p bora eshitganimiz, do'stlik g'alaba qozondi. 

39. Ketma-ket ikki zarba berildi, ammo to'p darvozadan joy olishni istamadi.

39. Rahmatovga nisbatan qo'pollik ishlatildi, so'nggi imkoniyat. 

Vaqti-vaqti bilan tarkiblar almashtirilmoqda. Ehtimol, ancha vaqtdan buyon oyog'i to'p ko'rmagan kishi mana bu yigitlar singari harakat qilganida, zaxiraga olingach, skameykada emas, shifoxonada o'tirgan bo'lardi.

38. SHahram Fahriddinov dastlab xatoga yo'l qo'ydi, keyin uni o'zi to'g'rilab, oldinga bordi va zarba ham yo'lladi, ammo raqib posboni abjirlik qilib qoldi.

36. Tojikistonlik futzalchining zarbasi Anasxon Rahmatovning ko'ksiga zambarak o'qi misoli tegdi, ammo zabardast o'yinchimiz bu zarbadan so'ng "qilt" etgani yo'q.

35. Tezkorlik bilan oldinga borgan Umid Qo'ziev to'pga etolmadi, oyoq tormozi bilan bir amallab to'xtashga harakat qilib, to'rga ilingan baliq misoli maydon ortiga o'rnatilgan to'r bilan tutashdi.

34. Muzaffar Ahadjonov raqibini aldashga urinib ko'rgandan so'ng qayta bunday harakat qilmaslikka o'ziga so'z bergandir.

Hozirgi natija biz uchun "Lazgi"ga raqs tushadigan kayfiyatda bo'lmasa-da, hordiq chiqarish uchun qiziqarli ruhda o'tmoqda.

33. GOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! Dilshod Salomov tarozi pallarini yana tenglashtirdi.

32. Rustam Umarov yana bir bor o'z mahoratini namoyish etganda, raqib zarbasini bartaraf etdi.

32. Bahodir Xo'jaev ilojsizlikdan to'pni hech kim kutmagan tarzda tepib yubordimi yoki jahl ustidami, bizga nima, muhimi aut ishlab oldik.

31. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLL!!! Hamroev vakillarimizni yana oldinga olib chiqdi!

30. Rustam Umarov tasvirga olishga arzigulik seyv amalga oshirdi.

30. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Afsuski, hisob tenglashdi.

28. Davlat Ibragimovning zarbasi uning peshonasini ushlashiga sabab bo'ldi.

27. Nekruz Alimaxmadovdan "ehhe" degan zarba. Bu darajada noaniq zarba yo'llash ham osonmas, buning uchun ancha mehnat qilish kerak. Zarbaning kuchliligidan maydonga o'rnatilgan jarvoza ham oyoq chiqarib qochib qolishga uringandek ko'rindi, aslida zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

25. GOOOOOOOOLLLLLLLL!!! Bahodir Xo'jaev darvozabonining boshlagan hujumini boshi bilan raqib darvozasiga to'g'rilab qo'ydi.

24. Ikkinchi bo'limda jamoalar ehtiyotkorlikka urg'u berishmoqda, shunga qaramasdan, ikkala jamoada ham etarlicha xatolar ko'zga tashlanmoqda.

22. Rustam Umarovning uzatmasiga etish uchun Muzaffar Ahadjonov "Spider men" bo'lishi talab etilardi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi. Yana bir taym davomida darvoza to'rlarining to'plar tomonidan "kaltaklanishi"ni kuzatamiz.


Birinchi bo'lim yakunlandi! Biroz tin olamiz.

19. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!! Husniddin Nishonovdan o'ta tezkor javob!

19. GOOOOOOOOOOLLLLLLLLL! Umid Qo'ziev axiyri maqsadiga erishdi.

18. Posbonimizga nisbatan qo'pollik ishlatildi. Hisobda ortda borayotgan mehmonlar hech bo'lmaganda follar bo'yicha oldinlab ketmoqchi shekilli.

17. Tojikistonliklar chap qanotda faol harakat qilishmoqda. Umid Qo'ziev ham faol harakat qilgandi, unga ham omad, yana allambalolar etishmadi.


Quyosh temirni ham eritib yuboray deyayotgan bir pallada haqiqiy ishqibozlar erinmasdan o'yinga tashrif buyurishgan.

16. Rahmatovning uzatmasini sherigi xotirjam qabul qilmoqchi edi, ammo raqib futbolchisi bekinib turgan milicioner amaki singari "lop" etib, uning ortidan chiqib, to'pni olib qo'ydi.

15. "Kavkaz asirasi" filmidagi SHurikning fikriga qo'shimcha qilmoqchiman, "Iltimos, sekinroq hujum qilinglar, yozib olay"

14. Anasxon Rahmatov havodan oshirilgan to'pga kuchli zarba berdi, Murodillo Aliqulov mashg'ulotlarda yomon ishlamaganini ko'rsatib qo'ydi.

13. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLL!!! Ixtiyor Ropiev oradagi farqni ikkitaga oshirdi.

Aytgancha, O'zbekiston - Tojikiston uchrashuvini sport 2 yani uztv mobil ilovasi yoki uztv.tv saytida onlayn tomosha qilishingiz mumkin. 

Sabab: O'FA Birinchiligi final uchrashuvi sport telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

10. Raqib futbolchilari pressing tashkil etishdi, oqibatda to'p bilan vakillarimiz xayr-xush qilishdi.

8. Rustam Hamidov raqibini chiroyli tarzda aldab o'tib, darvozani nishonga olib ko'rdi, ammo aniqlik bobida adashdi. tojikistonlik futbolchi maktab davrida hammayog'ini chang qilib, koptok tepmasdan, matematikadan uyga vazifalarni ham onda-sonda bajarib turganda, hozir ehtimol golni nishonlab, ustoziga minnatdorchilik bildirib qo'ygan bo'lardi.

7. GOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLL!!! Dilshod Rahmatov Akbar Usmonovning pasini ajoyib tarzda yakunlab, hisobni ochdi!


7. Mashrab Odilovdan chiroyli zarba, darvozabon esa chiroyli gol bo'lishini barbod qildi.

6. Baxtiyor Solievning, unga qo'shilib, maydon poli ham dodlagandek eshitildi quloqlarimizga. Axir polga ham oson emas kamida 80 kilogramm toshni ko'taradigan o'yinchining tagida qolish.

5. Tojikistonliklardan yana bir zarba! Agar bu erda futbol darvozasi bo'lganda, to'p darvoza to'ridan o'rin olgan bo'lardi.

5. Tezkor bahs guvohiga aylangan sayin o'yinchilarning mashg'ulot payti bosh tana azosini nega u yondan-bu yonga aylantirib turishini his qilgandekman.

3. Ikkinchi raqamdagi Anasxon Rahmatov raqamiga loyiq bahoga yarasha harakat qilib, to'pni oldirib qo'ydi. Oqibatda, raqiblar yana bir zarba yo'llashdi.

2. Mehmonlar yana ikki xavfli hujum tashkillashtirishdi. Tojikistonlik futzalchilar ham Jizzaxga katta tayyorgarlik bilan tashrif buyurgan, faqatgina Jizzax somsa tanovvul qilgani emas.

1. Dastlabki zarba tojikistonliklar tomonidan yo'llandi, darvozabonimiz o'z o'rnida.

Fikrlarimni yozib tugatmasimdanoq o'yin boshlanib ketdi. Nachora, dilimda folib ketgan gaplarimni qaytarib olib ketaman.

Assalomu alaykum, yashil maydon bilan bir qatorda uning "ukasi" bo'lgan futzalning chinakam ishqibozlari! Bugun O'zbekiston va Tojikiston futzal terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvini birgalikda kuzatib boramiz. Ushbu jamoalar o'zaro uch marotaba nazorat bahslarida maydonga tushishadi. Qolaversa, yaqinlashib kelayotgan Kuvaytda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida ham mazkur jamoalar bir guruhdan o'rin olishgan. Demak, qita miqyosidagi turnir oldidan jamoalar uchun bir-birlarini o'rganish imkoniyati mavjud.

Garchand yopiq inshootda o'tkaziladigan ushbu sport turini barcha kuzatib bormasa-da, do'st-birodarlar, oshna-og'aynilar bilan yig'ilgancha, suniy qoplamali maydonda to'p tepmagan kishilar kamdan-kam bo'lsa kerak.

Uning zavqi hamda mashaqqatini jillaqursa bir soat davomida to'p tepgan kishi yaxshi biladi. Muntazam shug'ullanib yurmagan kishining quvvati bu maydonda bir necha daqiqaga etishi mumkin. Undan buyog'iga esa zabonimiz raqqosa qizlarning soch tolalari darajasidagi uzunlikgacha etib qoladi. Mana bu yigitlar esa bir necha emas, roppa-rosa 40 daqiqa davomida ter to'kishlari kerak bo'ladi.

Albatta, professional futzal biz ko'cha-kuyda o'ynaydigan ko'rinishdan farq qiladi va o'ziga yarasha zavq-u shavq bag'ishlaydi. Bugungi o'yindan ham jizg'anak quyosh ostida suvga sakraganda olgan rohat singari maroq olamiz, degan umiddaman.

Uchrashuvni kuzatish uchun Jizzaxdagi arenaga tashrif buyurdik. Bugun futbolchilarimiz qanday o'yin namoyish etishsa ham roziman, faqatgina to'p bilan meni nishonga olishmasa bo'lgani.

Tojikiston futzal terma jamoasi FIFA reytingida 54-o'rinni egallab turibdi. Qo'shnilarimiz Osiyo chempionatida 10 marta qatnashishga muvaffaq bo'lgan. Ularning eng yaxshi natijasi chorak final hisoblanadi (2007). Jamoa futbolchilari, asosan, mahalliy chempionatda to'p tepadi. Joriy yig'inga bosh murabbiy Payrav Vohidov 18 nafar futzalchini chaqirgan.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика