So’nggi yangiliklar

02:04"Челси" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати финалида!  17 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  5 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  12 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  3 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  13 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  8 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  4 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

Futzal. O'zbekiston termasi Turkmanistonni mag'lub etdi va Osiyo chempionatiga chiqdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston termasi Turkmanistonni mag'lub etdi va Osiyo chempionatiga chiqdi

Eronning Tabriz shahrida Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi uchrashuvlari davom ettirildi.

Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2-turda Turkmanistonga qarshi bahs olib borib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Mazkur uchrashuvdan avval esa Qirg'iziston termasi Nepalni 5:0 hisobida taslim qilishga muvaffaq bo'ldi.

Demak, so'nggi tur oldidan ikkita g'alabaga erishgan O'zbekiston terma jamoasi muddatidan avval Osiyo chempionati final bosqichi yo'llanmasiga ega bo'ldi. Qirg'iziston futzalchilari ham ikkita g'alabaga erishgan holda OCH chiptasini qo'lga kiritishdi.


Futzal bo'yicha OCH saralashi

“A” guruhi, 2-tur 

16 oktyabr, dushanba

Turkmaniston – O'zbekiston 2:4

Gollar: Allaberdi Meredov (37, dabl penalti), Annaguliev (38) – Ilhom Hamroev (13), Artur Yunusov (21), Farhod Abdumavlonov (25), Davron CHoriev (27)

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Akmal Hazratqulov, Anasxon Rahtamov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Dilmurod SHavkatov, Ilhom Hamroev, Davronjon Abdurahmonov, Davron CHoriev, Husniddin Nishonov.

Ogohlantirishlar: Ravshan O'zormuhammedov (10) – Davron CHoriev (6), Artur Yunusov (30)

CHetlatish: Qodir Berenov (31)


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi ilk turda Nepalni 14:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi.  Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 2-turidan keyin turnir jadvali quyidagi ko'rinishga keldi.

So'nggi turda Bahodir Ahmedov shogirdlari Qirg'iziston bilan guruhdagi etakchilik uchun kurashadi. Hech qanday ahamiyatga ega bo'lmagan o'yinda Nepal va Turkmanisdan o'zaro kuch sinashadi.

17 oktyabr, seshanba

15:30  O'ZBEKISTON – Qirg'iziston 

18:00  Turkmaniston – Nepal

Malumot uchun, Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.


Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика