So’nggi yangiliklar

00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  0 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  2 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   34 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  9 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  7 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  26 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0

Futzal. O'zbekiston termasi Qirg'izistonni mag'lub etdi va guruhni peshqadam sifatida yakunladi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston termasi Qirg'izistonni mag'lub etdi va guruhni peshqadam sifatida yakunladi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi so'nggi, 3-turida Qirg'iziston futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Eronning Tabriz shahridagi Pour Sharifi sport majmuasida bo'lib o'tgan bellashuvda o'zbekistonlik futzalchilar 4:3 hisobida zafar quchib, ketma-ket uchinchi g'alabani rasmiylaytirdi va “A” guruhini etakchi sifatida yakunladi.


SHu tariqa, O'zbekiston termasi guruh bosqichidagi barcha o'yinlarda muvaffaqiyatga erishdi. Avvalroq Bahodir Ahmedov shogirdlari Nepal (14:1) va Turkmaniston (4:2) termalari ustidan zafar quchgan edi.



Futzal bo'yicha OCH saralashi

“A” guruhi, 3-tur

17 oktyabr, seshanba

O'zbekiston – Qirg'iziston 4:3

Gollar: Davronjon Abdurahmonov (4), Konstantin Sviridov (5), Mashrab Odilov (11), Dilmurod SHavkatov (15) – Emil Kanetov (8, 35), Kelkel Anarbekov (15),

O'zbekiston (birinchi beshlik): Rustam Umarov, Dilshod Rahmatov, Farhod Abdumavlonov, Artur Yunusov, Konstantin Sviridov.

Zaxira: Akmal Harzatqulov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Ixtiyor Ropiev, Dilmurod SHavkatov, Ilhom Hamroev, Davronjon Abdurahmonov, Davron CHoriev, Husniddin Nishonov.

Ogohlantirishlar: yo'q – Kelkel Anarbekov (7), Maqsad Alimov (7), Azimjon Yunusov (30)


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari 2-turdan keyin Osiyo chempionati yo'llanmasini hal qilib ulgurgandi. 

Malumot uchun, Futzal bo'yicha Osiyo chempionati 2018 yilning 6–18 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida bo'lib o'tadi. Qita birinchiligida jami 16 jamoa chempionlik uchun kurashadi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика