Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti
07 iyu 2016 18:53
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'uloti
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda.
Bir necha kun oldin yig'inni tark etgan darvozabon Ramil Almamedov o'rniga "Ardus" klubi posboni Ravshan Eliboev tarkibga kelib qo'shildi. Bugungi mashg'ulotda Ravshan o'ng qo'lidan olgan engil jarohat sabab yakka tartibda shug'ullandi. Qolganlar esa to'liq ishtirok etdi.
Bugun kunduzgi mashg'ulotda Xose Mariya Mendez asosan raqib tezkor qarshi hujumga o'tgan paytda qanday harakat qilish kerakligi ustida ishlatdi.
O'zbekiston terma jamoasi ertaga 17:00da "O'zbekiston" sport majmuasida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan "Olmaliq" klubi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 12, 13, 14 iyul kunlari Tojikiston bilan Toshkentda uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Fikrlar