Futzal: O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
13 okt 2015 12:27
Yangiliklar


Futzal: O'zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
Ushbu o'rtoqlik uchrashuvlarining har ikkisi ham Yaponiyada o'tkaziladi. Dastlabki o'yin 10 noyabr kuni bo'lsa, ikkinchi uchrashuv 11 noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Takidlash kerakki, O'zbekiston futzal terma jamoasi hozirgi vaqtda kelasi yili Toshkentda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda.
Yaponiya, Eron va O'zbekiston terma jamoalari 2014 yili Vetnamda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoalar sifatida to'g'ridan-to'g'ri ushbu Osiyo chempionatining final bosqichiga yo'llanma olgan. O'zbekiston navbatdagi Osiyo chempionati mezboni sifatida ham to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgani uchun avvalgi chempionatda to'rtinchi yaxshi natijani qayd etgan Kuvayt terma jamoasi ham final bosqichiga saralashsiz yo'llanma oldi.
Eslatib o'tamiz, Toshkent mezbonlik qiladigan Osiyo CHempionati 2016 yilning 9 - 21 fevral kunlari bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar