Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston va Eron bilan o'ynaydi
16 iyu 2016 19:09
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qozog'iston va Eron bilan o'ynaydi
Olingan malumotlarga ko'ra, Xose Mariya Mendez boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi avgust oyi boshida Qozog'iston bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Qozog'iston terma jamoasi ham Kolumbiyadagi mundialda ishtirok etadi. Qo'shnilarimiz Kosta-Rika, Argentina, Solomon orollari bilan bir guruhdan o'rin olishgan.
Bundan tashqari futzalchilarimiz avgust oyi oxirida Osiyoning 11 karra chempioni Eron terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirishgan. Forslar fevral oyida O'zbekistonda o'tgan Osiyo chempionati finalida O'zbekiston terma jamoasini mag'lub etgandi.
Eron Jahon chemiponatida Ispaniya, Marokash va Ozarbayjon bilan bir guruhdan joy olgan.
O'zbekiston terma jamoasi esa Kolumbiyadagi mundialda "A" guruhida mezbon Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.
Fikrlar