Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Italiya bilan o'ynaydi
23 avg 2016 15:07
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Italiya bilan o'ynaydi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning 10 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Avvalroq, Xose Mariya Mendez boshchiligidagi terma jamoamiz Eron, Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishi haqida xabar bergan edik. Vakillarimiz mundial oldidan so'nggi nazorat o'yinini Evropaning etakchi jamoalaridan bo'lgan Italiya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Italiyaliklar bilan bahs 7 sentyabr kuni Kali shahrida bo'lib o'tadi.
O'zbekiston terma jamoasi Portugaliya va Ispaniya bilan o'yinlardan keyin Italiya bilan bellashuvga qadar Ispaniyada 3 kunlik yig'in o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning "A" guruhida Kolumbiya, Portugaliya va Panama terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar