Futzal. O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'yinda Afg'onistonni mag'lub etdi
12 okt 2018 19:32
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston terma jamoasi birinchi o'yinda Afg'onistonni mag'lub etdi
FIFA kunlaridan unumli foydalanish maqsadida futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda 2ta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Bugun O'zbekiston va Afg'oniston terma jamoalari o'rtasidagi birinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda Bahodir Ahmedov shogirdlari 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi.
Ertaga ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Takidlab o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 20-23 oktyabr kunlari Tailandda o'tkaziladigan xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Afg'onistonga qarshi bo'ladigan uchrashuvlar mazkur musobaqaga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi.
Fikrlar