Futzal: O'zbekiston muddatidan oldin Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi
06 noy 2013 23:50
Yangiliklar

Futzal: O'zbekiston muddatidan oldin Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 2014 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslari 2-turida Tojikiston terma jamoasi ustidan 5:4 hisobida g'alaba qozondi va kelasi yili Vetnamda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
6 noyabr kuni Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi, 2-tur uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Tojikiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi uchrashuvda 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi.
Bahodir Ahmedov shogirdlari o'yinni 9-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo'lishdi. Bu vaziyatda Nodir Eliboevning o'ng qanotdan jarima maydonchasiga uzatgan to'pini Tojikiston terma jamoasi himoyachisi o'z darvozasiga to'g'irlab qo'ydi - 1:0. Avvalgi uchrashuvda 5ta gol muallifiga aylangan Dilshod Raxmatov esa, o'yinning 20-daqiqasida yana bir bor o'z individual mahoratini namoyish etib, tojikistonlik darvozabonni ortdi qoldirdi va darvozani ishg'ol qildi. SHu tariqda O'zbekiston terma jamoasi tanaffusga 2:0 hisobidagi g'alaba bilan chiqib ketdi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalarida esa, O'zbekiston sport majmuasiga yig'ilgan muxlislar birdaniga 3ta gol ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Avvaliga Dilshod Irsaliev va Artur Yunusovlar Tojikiston darvozasini ishg'ol etishgan bo'lsalar, shu daqiqaning o'zida tojikistonlik futzalchilar ham gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
O'yinning 29-daqiqasida Nodir Eliboev yana bir bor raqib darvozasini ishg'ol etib hisobni 5:1 ko'rinishga olib keldi. Ushbu goldan so'ng uchrashuv g'olibi masalasi deyarli aniq bo'lib ulgurgandek ko'rinsada, Tojikiston terma jamoasi futzalchilari ketma-ket ikkita gol kiritib hisobni qisqartirishdi. O'yin tugashiga bir daqiqa qolganda esa, tojikistonliklar to'purari Hurshid Mahmudov bo'sh qolgan darvoazani ishg'ol etib hisobni 5:4 bo'lishini taminladi. Bu vaziyatda Bahodir Ahmedov darvozabon o'rniga beshinchi o'yinchini maydonga tushirgan edi.
O'yinning qolgan qismida darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi va uchrashuv 5:4 hisobida O'zbekiston terma jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi. SHu tariqa, Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi kelasi yili Vetnamda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati yo'llanmasini muddatidan oldin qo'lga kiritdi. Qolgan ikki yo'llanma esa, 7 noyabr, payshanba kuni bo'lib o'tadigan so'nggi tur uchrashuvlaridan so'ng malum bo'ladi.
Kunning ikkinchi o'yinida esa Qirg'iziston va Turkmaniston futzalchilari o'zaro maydonga tushishdi. Juda qiziqarli va kurashlarga boy uchrashuvda durang natija qayd etildi - 2:2. O'yinning birinchi bo'limida 2:0 hisobida o'z foydasiga hal qilgan Qirg'iziston terma jamoasi ikkinchi bo'limda turkmanistonlik raqiblariga tashabbusni boy berib qo'ydi va buning natijasida o'z darvozasidan ikki to'p o'tkazib yubordi. O'yin esa shu hisob bilan yakuniga etdi.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati saralash so'nggi tur uchrashuvlari 7 noyabr, payshanba kuni bo'lib o'tadi. Kunning birinchi yarmida, soat 16:00da Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari maydonga tushishsa, soat 19:00da O'zbekiston Qirg'iziston bilan o'zaro bahslashadi.
Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2014 saralash
Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi, 2-tur uchrashuvlari
6 noyabr, seshanba
QIRG'IZISTON – TURKMANISTON 2:2 (2:0)
Gollar: Ulanbek Batazi uulu (6), Mirlanbek Abdukadirov (20) - Vatan Ataev (25), Rejepov (30).
Ogohlantirishlar: Ulanbek (8), Emil Kanetov (25).
QIRG'IZISTON:
Darvozabonlar: Nikolay, Yuriy, Omon.
O'yinchilar: Mirlanbek, Ruslan Ermekov, Rustam Ermekov, Ulanbek, Ilyas, Dilshod Qodirov, Sotiboldi, Maqsadbek, Emil Kanetov, Mixail Sundeev, Nurjan Jetibaev.
TURKMANISTON:
Darvozabonlar: Yenish Ashirov, Bayramov.
O'yinchilar: Annaev, Murodov, Vatan Ataev, Gurbanguli Ashirov, SHatlik Ataev, Ahmedov, Seydiev, Annaguliev, Ko'nirov, Ahmed Kervenov.
Bosh hakam: Ali Rizo Suhrobiy-Bolsiniy (Eron).
O'ZBEKISTON – TOJIKISTON 5:4 (2:0)
Gollar: Samad SHohzuhurov (9, avtogol), Dilshod Rahmatov (20), Dilshod Irsaliev (22), Artur Yunusov (22), Nodir Eliboev (29) - SHerzod Jumaev (22), Alisher O'lmasov (33), Xurshid Mahmudov (35, 39)
O'ZBEKISTON:
Darvozabonlar: Rustam Umarov, Klim Tyugaev.
O'yinchilar: Dilshod Irsaliev, Nodir Eliboev, SHuhrat Tojiboev, Artur Yunusov, Maqsud Fayzullaev, Andrey SHlyoma, Farhod Abdumavlonov, Dilshod Rahmatov, Jamoliddin SHaripov, Davron CHoriev, Konstantin Sviridov, Javlon Anorov.
TOJIKISTON:
Darvozabonlar: Mirali SHaripov, Murodullo Aliqulov, SHuhrat Bibudov.
O'yinchilar: Mansur Mamedboboev, Xurshed Mahmudov, SHerzod Jumaev, Alisher O'lmasov, Orzu Dodxudoev, Behruz Abdualimov, Samad SHohzuhurov, Daler Oqnazarov, Akbar Muhamedov, SHahrom SHodiev.
Bosh hakam: Husain Mahmud (Eron).

Fikrlar