Futzal. O'zbekiston kubogining yarim final va finali 6-7 mayda o'tkaziladi
27 apr 2016 15:56
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston kubogining yarim final va finali 6-7 mayda o'tkaziladi
4-6 aprel kunlari bo'lib o'tgan guruh bahslaridan keyin "A" guruhidan "Kogon", "B" guruhidan esa "Maksam-CHirchiq" jamoalari birinchi o'rin bilan yarim finalga yo'l olgan edi. Kubokning amaldagi finalchilari hisoblangan "Ardus" hamda "Olmaliq" jamoalari esa to'g'ridan-to'g'ri yarim finalga yo'l olishgan edi.
Yarim final o'yinlari 6 may kuni bo'lib o'tsa, final 7 mayga mo'ljallangan. Yarim finalda "Olmaliq" jamoasi "Kogon" bilan bellashsa, "Ardus" va "Maksam-CHirchiq" ikkinchi finalchi kim bo'lishini o'zaro o'yinda aniqlab olishadi.
Quyida XX O'zbekiston kubogi yarim final va final o'yinlari taqvimini keltirib o'tamiz. Barcha o'yinlar "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.
XX O'zbekiston kubogi
Yarim final, 06.05.2016
16:00. "Olmaliq" - "Kogon"
18:00. "Ardus" - "Maksam-CHirchiq"
Final
07.05.2016
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining amaldagi g'olibi "Ardus" hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar