Futzal. O'zbekiston kubogiga 4 aprelda start beriladi
31 mar 2016 15:48
Yangiliklar
Futzal. O'zbekiston kubogiga 4 aprelda start beriladi
Yaqindagina futzal bo'yicha Oliy liga birinchi bosqichiga yakun yasalgan edi.
4-6 aprel kunlari O'zbekiston kubogi bahslariga start beriladi. Kubok bahslarida 8 jamoa ikki guruhga bo'lingan holda g'oliblik uchun kurash olib borishi ko'zda tutilgan. Har ikki guruhning faqatgina g'oliblari yarim finalga yo'l oladilar. O'zbekiston kubogining amaldagi finalchilari hisoblangan Toshkentning "Ardus" hamda Toshkent viloyatining "Olmaliq" jamoalari esa kubok o'yinlariga yarim finaldan qo'shilishadi.
Kubok bellashuvlarida ishtirok etuvchi jamoalar nomi tez orada malum bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston kubogining amaldagi g'olibi "Ardus" jamoasi hisoblanadi. Ular o'tgan yilgi finalda "Olmaliq"ni 3:2 hisobida mag'lub etib kubok sohibiga aylanishgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar