So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Futzal. O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham BAAni mag'lub etdi Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston ikkinchi o'yinda ham BAAni mag'lub etdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bugun BAA terma jamoasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Bugungi o'yinda ikkala jamoa ham ehtiyotkorona o'yin uslubini qo'lladi. Birinchi o'yindan farqli ravishda bugun terma jamoamiz asosiy darvozaboni Rustam Umarov zahirada qoldi.

Yosh va umidli darvozabon, "Do'stlik-AIN" jamoasi azosi Akmal Xazratqulov asosiy tarkibda maydonga tushdi.



Birinchi bo'limda futzalchilarimiz raqib darvozasiga yo'l topish uchun har qancha urunishmasin gol urishning imkoni bo'lmadi.

Ikkinchi bo'limda muxlislar uchta gol ko'rishdi va barcha gollar BAA darvozasiga urildi.
Bu bo'limda darvozamizni Rustam Umarov qo'riqladi va o'z vazifasini alo darajada bajardi.

Ikkinchi bo'limning 3-daqiqasida futzalchilarimiz maqsadlariga erishishdi. Terma jamoamizning yosh azosi Davron Abdurahmonov uch raqibni dog'da qoldirgan holda to'pni qulay vaziyatga chiqqan Dilshod Irsalievga etkazib berdi, Irsaliev esa o'zining mohir futzalchi ekanligini yana bir bor isbotladi. To'pni o'ng oyoqda qabul qilib olib raqibni chalg'itdi va chap oyoqda zarba berdi – 0:1.

12-daqiqada esa hisob 0:2 ga o'zgardi.  Davron CHoriev birga bir vaziyatga chiqib borayotganida raqib o'yinchisi uni chalib yiqitdi.  Darvozaga chamasi 10 metrlardan jarima to'pi belgilandi va shu zahoti Bahodir Ahmedov zarba bergani Konstantin Sviridov va Dilshod Irsalievlarni tushirdi.



Amirliklar Kostyadan kuchli zarbani kutayotgan bir paytda, Sviridov to'pga yugurib kelib kutilmaganda Dilshod Irsalievga oshirdi, Dilshod esa sovuqqonlik bilan bir zarbada raqib darvozasining yaqin burchagiga to'pni joylab qo'ydi – 0:2.

O'yin tugashiga 4 daqiqa qolganida jamoamizda 5ta fol qayd etilgan edi va kiyingi jarima futzalchilar tilida “dabl penalti”ni anglatar edi. SHunday bo'ldi ham. Biroq arablarning zarbasi va o'ta noaniq hisob o'zgarmadi.

Amirliklar 17-daqiqada ikki marta ketma-ket o'yin qoidasini buzishdi, ularda ham oltinchi fol va dabl penalti, futzal qoidalari bo'yicha penalti tepayotgan jamoada tanlash huquqi bor: xohlasa 10 metrdan penalti, xohlasa o'yin qoidasi buzilgan joydan to'g'ri darvozaga zarba beradi.
Artur Yunusov chamasi 6 metrlardan zarba berdi. Raqib darvozaboni gol qanday urilganini tomosha ham qila olmadi hisob - 0:3.



O'yin tugashiga bir daqiqa qolganida darvozamizga yana dabl penalti belgilandi va Rustam Umarov mahorat ko'rsatdi.
SHu bilan futzal terma jamoamiz Amirliklardagi yig'ini doirasidagi ikkala o'yinda ham mezbonlar ustidan g'alabaga erishdi!

BAA - O'zbekiston 0:3
Gollar
: D.Irsaliev 2ta, A.Yunusov,
O'zbekiston:
Darvozabonlar
: Rustam Umarov, Akmal Xazratqulov
O'yinchilar: Artur Yunusov, Davron CHoriev, Andrey SHlema, Davron Abdurahmonov, Eldor Hoshimov, SHahzod Bo'riev, Konstantin Sviridov, Dilshod Irsaliev, Timur Sadirov, Sunnat Kuralov, Iskandar Xalmatjonov, Sarvar SHoahmedov, Alan Aminov.

Abdurahmon Fozilov  Dubay shahridan maxsus
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика