Futzal. O'tish o'yini. "Oil-Star" "Dinamo"ni mag'lub etib, Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi
27 may 2022 20:05
Yangiliklar


Futzal. O'tish o'yini. "Oil-Star" "Dinamo"ni mag'lub etib, Oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Bugun Oliy ligada 11-o'rinni egallagan "Dinamo" jamoasi Oliy liga yo'llanmasi uchun Birinchi ligada 2-pog'onadan joy olgan "Oil-Star" jamoasiga qarshi pley-offning ikkinchi bellashuvida ishtirok etdi.
Pley-off biror jamoaning g'alabalari soni 2 taga etguniga qadar davom etishi lozim edi.
2020/21 yilgi mavsumda ham Oliy liga yo'llanmasi uchun xuddi ushbu mavsumdagi singari "Dinamo" va "Oil-Star" jamoalari kurash olib borgan. Unda samarqandliklar qo'shimcha vaqtda 7:4 hisobida "Oil-Star" jamoasini enggan edilar.
Futzal. Pley-off
"Dinamo" – "Oil-Star" 2:3
Gollar: Muhammad Rajabov (24), Samandar Murodqulov (36) — SHuhrat Ahmedov (18), Sohib Narzullaev (29), Ahmad Mamadaliev (36)
Ortda qolgan mavsumni Birinchi ligada o'tkazgan, kechagi bahsda ham, bugun ham g'alaba qozongan "Oil-Star" "revansh" oldi va Oliy liga-2022/23 yo'llanmasiga ega chiqdi.
SHu tariqa, Oliy liga 2022/23 yilgi mavsumning barcha ishtirokchilari aniq bo'ldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar