

Bu yangi musobaqa bo'ladi. Shu paytgacha faqat milliy terma jamoalar o'rtasida Osiyo chempionati o'tkazib kelinadi. Endi qita miqyosidagi turnirlar soni yana bittaga ko'payadi. Ushbu qarorga qitada futzal nufuzini yanada oshirish maqsadida kelingan.
Ayni paytda ilk tarixiy qita chempionati final bosqich mezbonligiga Vetnam davlati da'vogarlik qilmoqda. Ma'lumotlarga ko'ra, O'zbekiston yoshlar (U-20) terma jamoasiga ham Xose Mariya Mendez murabbiylik qiladi. Ispaniyalik bu mutaxassis milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi hisoblanadi.




