So’nggi yangiliklar

00:20Англия Суперкубоги. "Манчестер Сити" - "Манчестер Юнайтед" 1:1, Брунонинг ажойиб голи ҳисобга олинмади  0 00:15Стерлнинг "Ювентус"га ўтиши мумкин  0 23:45Дибала Саудиянинг учинчи клубидан ҳам таклиф олди, аммо...  0 23:21"Барселона" футболчиси "Ювентус"га йўл оладими?  0 22:53"Ливерпуль" ўз ўйинчисини 20+7,5 млн фунтга сотади  1 22:45Суперлига. "Насаф" - "Пахтакор" 1:0  3 22:22Виталий Левченко: "Тартибли футбол эвазига ғалабага эришдик"   2 22:06Вадим Абрамов: "Гол ўтказилганида хато бутун жамоаники бўлади"  2 22:00РПЛ. ЦСКА "Краснодар" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  8 21:59Суперлига. "Насаф" марказий ўйинда пенальтидан урилган гол эвазига "Пахтакор"ни мағлуб этди  91 21:40Суперлига. "Нефтчи" - "Динамо" 3:2  0 21:37РПЛ. "Оренбург" ва "Акрон" жанговар дуранг қайд этди, Эсанов эса...  1 21:08"Тоттенхэм" 55+10 млн фунтлик трансферни амалга оширди  0 21:00"Манчестер Сити" пенальтилар сериясида МЮни мағлуб этган ҳолда Англия Суперкубогини қўлга киритди  6 21:00Суперлига. Фарғонада 5 та гол урилган оқшомда "Нефтчи" "Динамо"дан устун келди  35

Futzal: Osiyo chempionati ishtirokchilarining Toshkentga tashrif buyurish sanalari malum Yangiliklar

Futzal: Osiyo chempionati ishtirokchilarining Toshkentga tashrif buyurish sanalari malum

Teglar :  Futzal
10 fevral kuni start oladigan futzal bo'yicha Osiyo chempionati ishtirokchilarining Toshkentga tashriflari boshlandi.

Birinchi bo'lib O'zbekiston poytaxtiga etib kelgan jamoa - Vetnam. 28 yanvar kuni Toshkentga kelgan jamoa bugun O'zbekiston terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Quyida boshqa ishtirokchi jamoalarning Toshkentga tashrif buyurish sanalarini keltirib o'tamiz.

01.02.2016 - Iroq
04.02.2016 - Livan, Xitoy, Iordaniya, Malayziya
05.02.2016 - Xitoy Taypey, Yaponiya, Avstraliya
07.02.2016 - Qirg'iziston, Qatar
08.02.2016 - Saudiya Arabistoni, Eron, Tojikiston
09.02.2016 - Tailand

Eslatib o'tamiz, 2016 yilning 10 - 21 fevral kunlari Toshketda futzal bo'yicha Osiyo chempionati final bosqichi bo'lib o'tadi. Qita birinchiligi final bosqichi uchun tashlangan qura natijasiga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan o'rin olgan. Guruhda Xose Mariya Mendez jamoasiga Saudiya Arabistoni, Qirg'iziston hamda Livan jamoalari raqib bo'ladi.

Takidlash kerakki, Toshkentda bo'lib o'tadigan ushbu musobaqada eng yuqori 5 o'rinini egallagan jamoalar 2016 yilning 10 sentyabridan 1 oktyabrigacha Kolumbiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика