Futzal. "Olmaliq" jamoasining kechagi mashg'uloti
08 iyu 2016 15:21
Yangiliklar
Futzal. "Olmaliq" jamoasining kechagi mashg'uloti
Ayni paytda jamoa tayyorgarlikning so'nggi bosqichini o'tkazmoqda. Har kuni 12:00da "O'zbekiston" sport majmuasida mashg'ulot olib borilmoqda. Kechagi mashg'ulotda musobaqaga "zayavka" qilingan 14 nafar futzalchining barchasi ishtirok etdi. Kichik jarohatlari borligi bois SHuhrat Tojiboev, Jamoliddin SHaripov hamda Xurshid Umaralievlar yakka tartibda shug'ullanishdi. Bundan tashqari, Andrey SHlemada ham engil jarohat bor.
Musobaqagacha oz muddat qolgani sabab bosh murabbiy Aleksandr Petrov asosan o'yin paytida yuzaga keladigan vaziyatlar ustida ishlashni maqul ko'rmoqda. Og'ir yuklamalar berilmayapti.
"Olmaliq" klubi bugun "O'zbekiston" sport majmuasida milliy terma jamoamiz bilan nazorat o'yini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, "Olmaliq" Eronning “Tasisat Daryoi” hamda Livan chempioni “Al Mayadin” klublari bilan birga “B” guruhidan joy olgan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Расман: "Металлург" қайта тикланди
Fikrlar