Futzal. Oliy liga. Chorak final o'yinlari 10-12 aprel kunlari bo'lib o'tadi

Tolibjon Qosimov
8 apr 2016, 15:56
Futzal bo'yicha XX milliy chempionatning birinchi bosqichidan keyin 8 jamoa ikkinchi bosqichda kurashni davom ettiradi.

Oliy liganing ikkinchi bosqich, yani chorak final o'yinlari 10-12 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Chorak final juftliklarini oldinroq e'tiboringizga havola etgan edik.

Chorak final uchrashuvlari taqvimi quyidagicha ko'rinish oldi.

Oliy liga, chorak final
10.04.2016


11:00. "Olmaliq" - "Nafis"
13:00. "Maksam-Chirchiq" - "Ardus"
15:00. "Kogon" - "Bunyodkor"
17:00. "Do'stlik-AIN" - "Turon-S"

11.04.2016

11:00. "Nafis" - "Olmaliq"
13:00. "Ardus" - "Maksam-Chirchiq"
15:00. "Bunyodkor" - "Kogon"
17:00. "Turon-S" - "Do'stlik-AIN"

12.04.2016

"Olmaliq" - "Nafis"
"Kogon" - "Bunyodkor"
"Do'stlik-AIN" - "Turon-S"
"Maksam-Chirchiq" - "Ardus"

Chorak final tomonlardan birining ikki g'alabasiga qadar davom etishi sababli 12 aprelda o'tkaziladigan o'yinlarning vaqti ko'rsatilmagan. Chunki, juftliklarda tomonlardan biri dastlabki ikki o'yinda g'alaba qozonsa, u holda uchinchi bahsga hojat qolmaydi.

Barcha uchrashuvlar Toshkentdagi "O'zbekiston" sport majmuasida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston chempionatining amaldagi g'olibi Toshkent viloyatining "Olmaliq" jamoasi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ufa.uz