So’nggi yangiliklar

09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  6 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  2 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4 06:35Суперлига. "Машъал" — "Шўртан" 2:1   0 01:50Дерби олдидан "Манчестер Сити"нинг 4 футболчиси сафга қайтди  5 01:08Жанлуижжи Доннарумма: "Пеп мени жамоасида кўришни истаётганини айтди. Бу мени ғурурлантирди"  2 00:46Расман: Онана - "Трабзонспор" дарвозабони!  21 00:15"Вест Хэм" дербидан олдин мухлисларга тақиқ қўйди  0 23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  3 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  2 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  1 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  3 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0

Futzal: OCH saralash 1-turidan oldingi matbuot anjumani 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi Yangiliklar

Futzal: OCH saralash 1-turidan oldingi matbuot anjumani 4 noyabr kuni bo'lib o'tadi

5 noyabr kuni Toshkentda start oladigan futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati saralash Janubiy va Markaziy Osiyo guruhi 1-tur o'yinidan oldingi matbuot anjumani 4 noyabr, dushanba kuni soat 12:30da O'zbekiston mehmonhonasida boshlanadi.
5-7 noyabr kunlari Toshkent futzal bo'yicha 2014 yilgi Osiyo chempionati saralash Janubiy va Markaziy Osiyo guruhi uchrashuvlariga mezbonlik qiladi. Mazkur saralash o'yinlarida mezbon - O'zbekistondan tashqari Qirg'iziston, Turkmaniston hamda Tojikiston terma jamoalari ishtirok etadi.

Takidlash joiz, saralash bahslarini yoritish istagida bo'lgan OAV xodimlari uchun akkreditaciya jarayoni 25 oktyabr kuni boshlangan edi.

Saralash bosqichining barcha uchrashuvlari Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida bo'lib o'tadi. Saralash bosqichida dastlabki uchta o'rinni egallagan terma jamoalar 2014 yil Vetnamda bo'lib o'tadigan final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2014 saralash
 Janubiy va Markaziy Osiyo saralash guruhi o'yinlari taqvimi
 5 noyabr, seshanba
 16:00. Kirg'iziston – Tojikiston
 18:00. O'zbekiston – Turkmaniston

6 noyabr, chorshanba
 16:00. Turkmaniston – Qirg'iziston
 18:00. Tojikiston – O'zbekiston

7 noyabr, payshanba
 16:00. Tojikiston – Turkmaniston
 18:00. O'zbekiston – Qirg'iziston
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика