So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  6 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  1 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  9 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  7 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  6 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

Futzal, OCH–2018. O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

Futzal, OCH–2018. O'zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan mashg'ulot o'tkazdi

Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionati “B” guruhi 3-turiga tayyorgarlikni boshladi.

Vakillarimiz guruh bosqichi so'nggi turida Yaponiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bugun, 4 fevral kuni jamoa Taishan Gymnasium sport majmuasida mashg'ulotlar o'tkazdi.

Mashg'ulot boshlanishidan avval jamoa koordinatori va  murabbiylar shtabi futzalchilar bilan suhbat o'tkazdi. Unda terma jamoa jamoa koordinatori Rustam Tolibjonov O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyatining Yaponiyaga qarshi o'yin oldidan futzalchilarga murojaati etkazdi.

“O'zbekiston futbol associaciyasi rahbariyati sizlarni muddatidan avval qo'lga kiritilgan chorak final yo'llanmasi bilan tabrikladi. SHu bilan birgalikda, Yaponiyaga qarshi bo'lajak o'yinda xotirjamlikka berilmay, unga jiddiy yondashish kerakligi aytildi hamda yuqori saviyali o'yin namoyish etishingizni va g'alaba qozonib, chorak finalga guruhdan 1-o'rin bilan chiqishingiz tilab qolindi. Barchangizga malum, oldimizga yuqori maqsadlar qo'yilgan. SHu sababli, har bir uchrashuvda ijobiy natija ko'rsatishimiz zarur bo'ladi. Biz O'zbekiston xalqini g'alabalar bilan xursand qilishimiz kerakligi ham takidlandi”, – deya O'FA rahbariyatining murojaatini yo'lladi Rustam Tolibjonov.

SHundan so'ng futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov futzalchilarga o'z so'zlarini aytib o'tdi. 

“Bizni butun O'zbekiston qo'llab-quvvatlab turibdi, bizga katta ishonch bildirilgan. SHuning uchun, har bir bellashuvda xalqimiz daldasini his qilishingizni so'rayman. Qita birinchiligidagi har bitta o'yinda faqat va faqat g'alaba qozonishimiz lozim”, – dedi Bahodir Ahmedov. 

Mashg'ulot davomida bir qator taktik uslublar ishlab chiqilib, amalga sinab ko'rildi. Umuman olganda, jamoada ijoyib muhit hukmronlik qilmoqda, barchada kayfiyat yaxshi. 

O'FA matbuot-xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика