So’nggi yangiliklar

14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  0 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  1 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  1 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  1 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4 10:23“Арсенал“ Испания терма жамоаси аъзоси билан келишувга эришди (Фабрицио Романо)  2 09:55Элдор Шомуродовга Франциядан ҳам таклиф бор  23 09:27“Манчестер Сити“ Ҳусановни Франция клубига ижарага беришни истамади  19 08:58Расман. Аббосбек Файзуллаев жамоасига янги бош мураббий тайинланди  0 08:28“Истанбул Башакшехир“ Элдорнинг трансфери учун “Рома“га қанча таклиф қилгани маълум  8 08:01Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" сўнгги дақиқалардаги гол эвазига ғалаба қозонди  4 07:31Суперлига. Бугун 13-турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  13

Futzal. OCH chorak finalidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi Yangiliklar

Futzal. OCH chorak finalidan oldin matbuot anjumani o'tkazildi

Teglar :  FutzalO'zbekiston
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati chorak finalida Vetnamga qarshi bahs olib borishi haqida xabar berilgandi.

Bugun, 7 fevral kuni 1/4 final bellashuvi oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bo'lajak bellashuv oldidan quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

“Avvalo, chorak finalga qadar etib kelgan jamoalarni tabriklayman. Vetnam shakllangan jamoaga ega ekanini, yaxshi o'ynashini bilaman. Bo'lajak raqib bilan Turkmanistonda Yopiq inshootlardagi Osiyo o'yinlarida bahslashganmiz. O'shanda ham chorak finalda ro'baro kelib, 2:0 hisobida g'alaba qozonganmiz.

Ertangi o'yinga alo darajada tayyorlanib, maydonda bor kuchimizni beramiz. Yillar davomida to'plangan tajriba bizga ko'mak beradi. Biroq, oldingi o'yinlar tarixda qoldi, hozir yangi o'yinlar haqida o'ylash kerak”, – dedi Bahodir Ahmedov.


Vetnam terma jamoasi bosh murabbiyi Migel Rodrigo ham O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“O'zbekiston terma jamoasi Osiyoning kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Jamoa 2010 yildan buyon sovrinli o'rinlarni egallab kelmoqda. Raqibning yillar davomida to'plagan ushbu tajribasi ularga ustunlik beradi. Biz himoyani mustahkam ushlashimiz lozim. Bo'lajak o'yinda hech kimga oson bo'lmaydi”, – dedi Migel Rodrigo.


Eslatib o'tamiz, ertaga bo'lib o'tadigan Vetnam - O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 16:00da start oladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика