Futzal. Nikolay Odushev: "SHogirdlarim bu turga etarli darajada tayyorlana olishmadi"
21 fev 2015 14:01
Yangiliklar

Futzal. Nikolay Odushev: "SHogirdlarim bu turga etarli darajada tayyorlana olishmadi"
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Ardus" - "Nafis" (12:3) uchrashuvidan so'ng "Ardus" bosh murabbiyi Nikolay Odushev o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yin haqida nima deya olaman? "Nafis"ni 12:3 hisobida mag'lub etdik. Raqib juda kuchsiz deya olmayman, shunchaki yigitlar o'yinga jiddiy munosabat bilan tushishgandi. SHogirdlarimni tabriklayman", - deydi Nikolay Odushev.
- Bu turda "Ardus" 5ta o'yinda 2ta durang va bitta mag'lubiyat qayd etdi. Nima uchun pasayish yuzaga keldi?
- To'g'ri takidladingiz. Yigitlar bu turga etarli darajada ruhan va jismonan tayyorlana olishmadi. Birinchi o'yinda "Olmaliq" bilan durang o'ynadik. Keyin esa shunchaki bo'shashib ketdik va "Nasaf"ga yutqazdik, "Maksam-CHirchiq" bilan durang o'ynadik.
- Jarohat va diskvalifikaciyalar ham natijaga tasir qildimi?
- Albatta. Bu ham tasir qildi. To'rt nafar asosiy tarkib o'yinchilarimizning xizmatidan foydalana olmadik.
- SHaxzod Bo'riev va Farhod Abdumavlonov qachon safga qaytishadi?
- Xudo xohlasa ular kubok o'yiniga qadar tuzalishadi. 3 mart kuni O'zbekiston kubogi doirasida "Kogon" bilan to'qnash kelamiz. O'sha o'yinda ikkala futbolchi tarkibga kirishi mumkin.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar