So’nggi yangiliklar

22:33"Насаф" назорат учрашувида "Иртыш"ни мағлубиятга учратди  0 22:12"Қўқон-1912" Туркиядаги илк назорат ўйинида Косово клубига ютқазди  1 21:42"Манчестер Сити" Оскар Боббни АПЛнинг бошқа клубига сотиш бўйича келишувга эришди  0 21:09Стерлинг ўз академиясида болаларни машқ қилдирмоқда. "Челси" футболчиси бу мавсум майдонга тушмади  2 20:45"Челси" Эндрикни сотиб олиш учун катта сумма тўлашга тайёр  4 20:22"Барса" ва "Ман Сити" Дюмфрисга қизиқишини сақлаб қолмоқда  0 19:45"Перес эффекти". Флорентино Беллингем ва бошқа юлдузлардан муносабатни ўзгартиришни талаб қилди  14 19:03Суперлиганинг янги мавсумига қуръа ташлаш маросими бўлим ўтди (тўлиқ тақвим)  35 18:44Футзал бўйича Осиё кубоги–2026 кундалиги: 1-тур баҳслари якунланди (жадвал)  3 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистон Тожикистонни юта олмади  33 17:38"Сени топаман!" — Адрианонинг онасини сунъий интеллект ёрдамида алдаб, пулларини ўғирлашди  2 16:39"Фарғона вилояти ҳоким кубоги" старт олди: "Нефтчи" U-21 ва "Яйпан" ғалабага эришди  8 16:24"Тоттенхэм" футболчиси Ferrari да ўйинга кетаётиб, аварияга учради  1 15:50Матвей Сафонов "Ньюкасл"га қарши ўйин қайдномасига киритилди  3 15:17ЕЧЛ. Неаполда "Челси"нинг икки мухлиси шифохонага ётқизилди, бирига пичоқ билан ҳужум қилинган бўлиши мумкин  3

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol" Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-2000. "Yangi qirol"

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib borayapmiz. 

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1996. "Engilmas qurol"

JCH-2000

Mini futbol bo'yicha to'rtinchi Jahon chempionati 2000 yili Gvatemalada o'tkazildi. 18 noyabrdan 3 dekabrga qadar davom etgan mundial tarixda o'ziga xos burilish yasadi. Sababi, muxlislar yangi chempionni ko'rishga muvaffaq bo'lishdi. Braziliyaning gegemonligiga Ispaniya chek qo'ya oldi. "Qizil furiya" 4 yil oldin finalda uchralgan mag'lubiyat uchun finalda o'ch oldi va tarixiy natijani qayd etdi. Rossiya bu safar bronza uchun o'yinda imkoniyatni boy berdi, Portugaliya ruslarni 4:2 hisobida mag'lub etdi. Ushbu musobaqani umumiy hisobda 94179 nafar muxlis bevosita arenalardan kuzatib bordi.

Ushbu mundialda ham 4 yil avvalgisida bo'lgani kabi braziliyalik Manoel Tobias eng yaxshi to'purarlikni ham, eng yaxshi o'yinchi nomini ham o'ziniki qiladi. SHuningdek, keyinchalik futzalning yorqin yulduziga aylangan Falkao ham aynan Gvatemalada Jahon chempionatlaridagi debyutini nishonlagan.



JCH-2000, Final
03.12.2000, "Domo Polideportivo" sport saroyi
Bosh hakam: Novak Ivan (Xorvatiya)
Muxlislar: 7568

Ispaniya - Braziliya 4:3
Gollar:
Daniel 2 (pen.), Xavi Sanches 20, Xavi Rodriges 36, 39 - Anderson 18, Manuel Tobias 30, Vander Karioka 35

Ispaniya: Jesus, Julio, Santi, Adeva, Orol, Xavi Sanches, Xavi Rodriges, Paulo Roberto, Riker, Daniel.

Braziliya: Lavozier, Anderson, Andre, Manoel Tobias, Finino, SHumaxer, Indio, Lenisio, Falkao, Vander Karioka.

Ogohlantirishlar: Santi 16, Orol 26 - Lenisio 2, Anderson 18, Indio 28



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2000
O'tkazilgan joyi:
Gvatemala
O'tkazilgan shaharlar: 1 (Gvatemala siti)
O'tkazilgan sanasi: 18 noyabr - 3 dekabr, 2000 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 94179 (har o'yinga 2354)
Urilgan gollar: 302 (har o'yinga 7.55ta gol)
To'purar: Manoel Tobias (Braziliya, 19ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Manoel Tobias (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: Braziliya

Sovrindorlar
CHempion
- Ispaniya
Ikkinchi o'rin - Braziliya
Uchinchi o'rin - Portugaliya
To'rtinchi o'rin - Rossiya


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика