So’nggi yangiliklar

01:34"Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга яқин  1 01:08Расман: Элдор Шомуродов - "Истанбул Башакшеҳир" футболчиси!  5 00:59Тео Эрнандес: "Милан" мен учун энг асосийси эди, сўнгги пайтдаги чиқарилган қарорлар мени шу ерга етаклади"  4 00:25"Атлетик" футболчиси Альварес футболдан четлатилди  1 23:53Скотт Мактомини: "Неаполдаги ҳаёт умуман бошқача"  3 23:25Қирғиз Республикаси термаси собиқ бош мураббийи "Алга"ни бошқаради  0 22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  6 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  14 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  8 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  5

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992 Yangiliklar

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1992

SHu yilning 12 sentyabridan 3 oktyabriga qadar Litvada futzal bo'yicha to'qqizinchi Jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Mundial formati, ishtirokchilari, ramzi va mezbon. O'zbekiston ham qatnashadigan futzal bo'yicha JCH-2021 haqida batafsil

Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashadi. Bu vakillarimiz uchun ikkinchi Jahon chempionati bo'ladi. SHu kunga qadar o'tkazilgan barcha mundiallar haqida malumotlarni etiboringizga havola etib borayapmiz.

Futzal. Mundiallar tarixi. JCH-1989


JCH-1992

Mini futbol bo'yicha ikkinchi Jahon chempionati FIFAning kichik azolaridan biri bo'lgan Gonkongda o'tkazilgan. Unda huddi birinchisida bo'lgani kabi 6 qitadan 16 jamoa g'oliblik uchun kurash olib borgan. Braziliya terma jamoasi deyarli butun tarkib o'zgargan bo'lishiga qaramay, bu safar ham chempionlikni tantana qiladi. Ular finalda AQSHga hech qanday imkoniyat qoldirishmaydi (4:1). Ko'pchilik uchun musobaqada kutilmagan holat Eron terma jamoasining to'rtinchi o'rinni egallashi bo'lgan. To'g'ri, forslar 2016 yilgi mundialda o'z natijalarini yaxshilashgan. Lekin, hozir bunga to'xtalmaymiz. Eronning Kolumbiya parketlaridagi ajoyib yurishi haqida 2016 yilgi JCHga bag'ishlangan maqolada o'qiysiz.

Braziliya terma jamoasi bu safar raqiblaridan ancha ustun edi. Agressiv va zich o'yin, jamoaviy ruh, juda ham iqtidorli brazillar bilan individual ko'rsatkichlarda ham hech kim bellasha olmas edi. Estako Arauxo shogirdlari birinchi bosqichda Avstraliya, Belgiya va Kosta-Rika termalarini er tishlatishadi. SHu 3 bahsda 21ta to'p kiritib, bor yo'g'i bitta gol o'tkazib yuborishadi. Ikkinchi bosqichda esa bitta durang va ikkita g'alaba. Yarim finalda Ispaniya, finalda esa AQSH bir xil 4:1 hisobida mag'lub etiladi.

Braziliya ana shu mundialda 8ta o'yin o'tkazib, 7 g'alaba va 1 durang qayd etadi. To'plar nisbati esa 44-7, super natija. Jorjino, Vander, Rafael Ortis va Manuel Tobiaslar o'sha jamoaning asosiy yulduzlari edi.

Eron terma jamoasi ikkinchi bosqichda Ispaniyani 4:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsada, uchinchi o'rin uchun uchrashuvda 6:9 hisobida ispanlardan engiladi.



JCH-1992, Final
28.11.1992, "Hong Kong Coliseum" sport saroyi
Bosh hakam: Farina Sabino (Paragvay)
Muxlislar: 10466

Braziliya - AQSH 4:1
Gollar:
Jorjino 2, 25, Vander 26, Manuel Tobias 34 - CHiko Borja 22

Braziliya: Serjino, Serjio, Manuel Tobias, Edino, CHikuino, Finino, Morillo, Rojerio Motta, Jorjino, Ortiz, Vander.

AQSH: Viktor Nogueira, Jorj Fernandez, Endi SHmecer, Agoos, Maykl Vindichmann, CHiko Borja, Jim Gabarra, Fernando Klavio, Ted Ek.

Ogohlantirishlar: M.Tobias 3 - CH.Borja 6, E.SHmecer 26



Futzal bo'yicha Jahon chempionati-1992
O'tkazilgan joyi: Gonkong
O'tkazilgan shaharlar: 2 (Xung Xom, Cim SHa Cuy)
O'tkazilgan sanasi: 16 - 28 noyabr, 1992 yil
Ishtirokchilar: 16 (6 qitadan)
Muxlislar tashrifi: 50300 (har o'yinga 1258)
Urilgan gollar: 307 (har o'yinga 7.68ta gol)
To'purar: Said Rajabi SHirazi (Eron, 16ta gol)
Eng yaxshi o'yinchi: Jorjino (Braziliya)
"Fair-Play" sovrini: AQSH

Sovrindorlar
CHempion - Braziliya
Ikkinchi o'rin - AQSH
Uchinchi o'rin - Ispaniya
To'rtinchi o'rin - Eron


Futzal. JCH-2021 o'yinlar taqvimi (to'liq)

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика