Futzal. Malayziya – O'zbekiston 9:4
21 sen 2015 15:34
Yangiliklar
Futzal. Malayziya – O'zbekiston 9:4
Bugun Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida futzal bo'yicha ayollar terma jamoalari o'rtasidagi ilk Osiyo chempionati boshlandi.
Qita chempionatida Osiyoning 8ta davlati terma jamoalari ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishishdi. O'zbekiston ayollar terma jamoasi ham ushbu tarixiy qita chempionatida ishtirok etadi.
Futzalchilarimiz “A” guruhdan joy olishgan bo'lib, Avaz Maqsumov shogirdlari Eron, Malayziya va Gonkong terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi. Bugun terma jamoamiz guruhdagi ilk uchrashuvni mezbonlarga qarshi o'tkazdi. Osiyo chempionatining ochilish o'yini sifatida qayd etilgan bahsda Malayziya 9:4 hisobida zafar quchdi.
Ertaga Eron, 23 sentyabr kuni Gonkong terma jamoasiga qarshi o'yinlar belgilangan. Har bir guruhdan ikkitadan jamoa yarim finalga yo'l oladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar