So’nggi yangiliklar

20:07Мирко Еличич: "Суперлиганинг баъзи жамоалари кўрсатаётган футбол сифатидан қониқмаяпман"  0 19:54"Реал" базасининг 85 гектар ерида янги шаҳар қурилади  2 19:24"Реал" "Милан" футболчисини сотиб олмоқчи  2 19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Оқ-тепа", "Навбаҳор" – "ФарДУ"  1 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   17 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  28 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining tarixi Yangiliklar

Futzal. Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatining tarixi

Teglar :  OlmaliqFutzal
Bugun Tailand poytaxti Bangkokda klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start beriladi.

Klublar o'rtasidagi xalqaro turnirga aslida 2009 yilda tamal toshi qo'yilgan. Eronda tajriba sifatida o'tkazilgan ilk musobaqa barcha ishtirokchilarga maqul kelgan. Finalda Eron va O'zbekiston jamoalari to'qnash kelishgan va g'oliblik maqomi mezbonlarda qolgan. Yurtimiz sharafini Toshkentning “Ardus” jamoasi himoya etgan o'shanda...

Norasmiy maqomga ega bo'lganligi bois 2009 yilga batafsil to'xtalmadik. Turnir rasman 2010 yildan start olgan. Quyida yilma-yil turnir tafsilotlari bilan tanishing.

2010

Eronda o'tkazilgan ilk rasmiy turnirda 10 jamoa ishtirok etishi ko'zda tutilgan. Iroq jamoasi malum sabablarga ko'ra musobaqada qatnasha olmagan. 9 jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bahslarga kirishgan. O'zbekiston sharafini “Stroitel” (Zarafshon) himoya etgan. Guruhda uch o'yin o'tkazgan navoiyliklar barchasida mag'lubiyatga uchrashgan - “Nagoya Okeans” (Yaponiya)ga 2:5, “Fulad Mahan” (Eron)ga 1:12 va “AUB Altin-Tash” (Qirg'iziston)ga 4:5. Rasman o'tkazilgan ilk turnirda Eronning “Fulad Mahan” jamoasi g'olib bo'lgan. Ular finalda Qatarning “Al-Sadd” jamoasini 5:2 hisobida dog'da qoldirishgan.

2011

Qatar poytaxti Doha shahrida o'tkazilgan turnirda 8 jamoa qatnashgan. Sakkizinchi jamoa pley-off bahsida aniqlab olingan. Unda Indoneziya va Iroq klubi o'zaro bahs yuritgan. Bu gal yurtimiz sharafini Toshkentning “Ardus” jamoasi himoya etdi. Hamyurtlarimiz bu gal guruhda uch o'yinda bir ochko ishlashdi. Eronning “SHahid Mansuri” jamoasi bilan 2:4, Tailandning “GH Bank RBAK”i bilan 4:4 va Livanning “Al-Sadaka”si bilan 3:4 hisoblari qayd etilgan. Mazkur turnirda “Ardus” futzalchilari 9 gol urishga muvaffaq bo'lishgan bo'lsa, shu gollardan 7tasi ayni damda jamoamiz bilan Bangkokda bo'lib turgan futzalchilar tomonidan amalga oshirilgan. Konstantin Sviridov va Jamoliddin SHaripov 3tadan hamda Javlon Anorov bir gol urgan. Ikkinchi marta o'tkazilgan turnir g'olibligi Yaponiya klubiga nasib etdi. “Nagoya Okeans” finalda “SHahid Mansuri”ni 3:2 hisobida mag'lub etdi.

2012

Bu gal qita chempionlari Quvaytda jam bo'lishdi. 8 jamoa ikki guruhga bo'lingan holda bosh sovrin uchun kurash olib borishdi. Yurtimiz sharafini yana “Ardus” himoya etdi. Poytaxt jamoasi bu turnirda finalga qadar etib bordi. Hamyurtlarimiz o'z guruhlarida Yaponiyaning “Nagoya Okeans” jamoasini 4:3, Tailandning “GH Bank RBAK”ini 9:2 hisoblarida mag'lub etdi. Kutilmaganda Livanning “All sports”iga 2:6 hisobida mag'lub bo'lishlariga qaramay guruhda birinchi o'rinni egallashdi. Yarim finalda Qatarning “Al-Rayyan” jamoasi 3:1 hisobida dog'da qoldirildi. Finalda Eronning “Giti Pasand” jamoasi 2:1 hisobida ustun keldi. Bu turnirda Andrey SHlema va Jamoliddin SHaripov 2tadan gol urgan bo'lsa, SHuhrat Tojiboev va Rustam Umarov 1tadan golni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

2013

Yaponiyaning Nagoya shahrida tashkil etilgan turnirda ham 8 jamoa ishtirok etgan. Ikki guruhda tashkil etilgan uchrashuvlarda yurtimizdan “Ardus” qatnashgan. Jamoa bu gal bir yil avvalgi natijani ko'rsata olmadi. Jamoa guruhda 1 ochko bilan so'nggi o'rinni band etdi va musobaqani erta tugatdi. Poytaxt jamoasi  o'z guruhida Tailandning “CHonburi” jamoasi bilan 2:2, Qatarning “Al-Sadd”i bilan 3:5 va Eronning “Giti Pasand”i bilan 1:2 natijalari qayd etdi. Turnir finalida hayurtlarimiz bilan bir guruhda bo'lgan Eron va Tailand jamoalari ro'baro' kelib penaltilar seriyasida “CHonburi” kubokni qo'lga kiritgan.

2014

Navbatdagi turnir Xitoyning CHengdu shahrida bo'lib o'tdi. Bu turnirda ham 8 jamoa ikki guruhda o'yinlarni boshladi. O'zbekiston sharafini Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi himoya etadigan bo'ldi. Temiryo'lchilar 3 ochko to'plab guruhda uchinchi o'rinni egallashdi. Ular Yaponiyaning “Nagoya Okeans” jamoasiga 1:3 va mezbonlar “SHenjen Nanling” klubiga 2:6 hisobida mag'lub bo'lishdi. Avstraliyaning “Vik Vipers” jamoasi 7:2 hisobida tor-mor etildi. Bu gal turnir g'olibi Yaponiyaning “Nagoya Okeans” klubi bo'ldi. Ular qo'shimcha taymda urilgan gol evaziga Tailandning “CHonburi”sini 5:4 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

2015

Oltinchi marta o'tkazilgan turnir Eronning Isfahon shahrida tashkil etildi. Bu turnirda jamoalar soni 12taga etdi. 3tadan jamoa 4 guruhga taqsimlandi. Mamlakatimiz sharafini yana “Lokomotiv” himoya qildi. Temiryo'lchilar bu gal musobaqada ochko to'play olishmadi. Guruhda bitta g'alaba ham pley-offga olib chiqardi. “Lokomotiv” dastlab Yaponiyaning “Nagoya Okeans” klubiga 2:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Ikkinchi o'yinda Qirg'izistonning “MFK Emgek” jamoasi 8:3 natija bilan g'olib bo'ldi. Turnir yakunida Eronning “Tasisat Daryoi” jamoasi g'olib bo'ldi. Mezbon jamoa finalda Quvaytning “Al-Qadisiya” klubini 5:4 hisobida dog'da qoldirdi.

Umumiy natijalarga etibor qaratadigan bo'lsak, Eron jamoalari 3 marta, yaponiyaliklar 2 marta va Tailand jamoasi bir marta turnir g'olibi bo'lgan. 2016 yil tashkil etilayotgan turnirda turnir g'olibi bo'lgan uch jamoa ishtirok etmoqda. Bular “CHonburi”, “Nagoya Okeans” va “Tasisat Daryoi”. Statistikaga murojaat etadigan bo'lsak, Yaponiya klubi 2010 yildan buyon muntazam ishtirok etib kelmoqda. “CHonburi” so'nggi 3ta turnirda qatnashgan. Eronliklar “Olmaliq” singari yangi tashkil etilgan jamoa hisoblanadi. Umid qilamizki, bu yil mubosabaqada yangi chempion aniqlanadi va u bizning jamoa “Olmaliq” bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика