Futzal. JCHdan oldin Toshkentda Mirabror Usmonov xotira turniri o'tkaziladi
04 iyu 20:02
Yangiliklar
Futzal. JCHdan oldin Toshkentda Mirabror Usmonov xotira turniri o'tkaziladi
Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida futzal bo'yicha jahon chempionati o'tkaziladi.
O'zbekiston futbol associaciyasi bergan malumotlarga ko'ra, O'zbekistonda o'tkaziladigan futzal bo'yicha JCHga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'FA Mirabror Zufarovich Usmonov xotirasiga bag'ishlab, futzal bo'yicha xalqaro turnir tashkil etadi. Unda O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi va Gvatemala futzal terma jamoalari ishtirok etadi.
Musobaqa 19-24 iyul kunlari Toshkentdagi "Yunusobod" sport majmuasida o'tkaziladi.
O'zbekiston futzal terma jamoasining o'yinlari:
19 iyul
O'zbekiston - Tojikiston
20 iyul
O'zbekiston - Qirg'iz Respublikasi
22 iyul
O'zbekiston - Gvatemala
Fikrlar