Futzal. JCH-2021. Portugaliyadan ettita gol, Tailand so'nggi soniyalarda durangga erishdi + jadval
17 sen 2021 17:47
Yangiliklar


Futzal. JCH-2021. Portugaliyadan ettita gol, Tailand so'nggi soniyalarda durangga erishdi + jadval
FOTO Futzal. JCH-2021. Qozog'iston va Venesuela muddatidan oldin pley-offga chiqdi + jadval
"C" guruhida qitadoshimiz Tailand terma jamoasi ikkinchi turda Marokashga qarshi bahs olib bordi. Unda Afrikaning amaldagi chempionlari so'nggi daqiqagacha hisobda oldinda borishdi va bahs tugashiga bir necha soniyalar qolganda tailandliklarning o'ynovchi darvozaboni Jiravat Sornvichian muvozanatni tiklovchi golni kiritdi. Guruhdagi ikkinchi qarama-qarshilikda esa Portugaliya terma jamoasi Solomon Orollari darvozasiga javobsiz ettita to'p kiritdi.
Futzal bo'yicha Jahon chempionati-2021
"C" guruhi
2-tur, 16.09.2021
Solomon Orollari - Portugaliya 0:7
"Kaunas Arena", Kaunas
Gollar: Fabio 4, Rikardino 12, Andre 20, 23, Sia 26 (avt.), Erik 31, Pani 38
Ogohlantirish: Stevenson 22 (S.Orollari)
Tailand - Marokash 1:1
"Kaunas Arena", Kaunas
Gollar: J.Sorinvichian 40 - Jouad 18
Ogohlantirishlar: Varut 14 - S.Borite 32
"C" guruhida 3-tur taqvimi
19.09.2021
20:00. Solomon Orollari - Tailand
20:00. Portugaliya - Marokash
O’xshash yangiliklar

Fikrlar