So’nggi yangiliklar

16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  0 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  1 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  3 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  10

Futzal. Javlon Anorov: "O'zimizga ishonch ortishi uchun g'alaba muhim deb o'ylayman" Yangiliklar

Futzal. Javlon Anorov: "O'zimizga ishonch ortishi uchun g'alaba muhim deb o'ylayman"

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha Qozog'iston terma jamoasiga qarshi ilk o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Unda qo'shnilarimiz 3:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz azosi Javlon Anorov intervyu berdi.

- Dastlab Yanvar oyidagi Toshkentda o'tgan yig'in haqida nima deya olasiz? murabbiylar nimalarga ko'proq ahamiyat berishdi?
- Yanvar oyidagi yig'inda murabiylarimiz bizga asosan fizik va taktik jihatdan  mashg'ulotlar olib borishdi.

- Osiyo chempionati guruhimizdagi raqiblar haqida nima deya olasiz? Ularni kuchli va kuchsiz tomonlari nimada?
- Livan va qirg'izlar bilan o'ynaganmiz. Hozirgi paytda kuchsiz jamoani o'zi yo'q, eshitishimizcha ular ham qattiq tayyorgarlik ko'rishmoqda. Saudiya Arabistoni hali Osiyoda qatnashmagan, shuning uchun ularni qanday o'ynashini bilmaymiz.

- Hozirgi jamoamizning salohiyati Osiyo chempionatida qaysi o'rinni olishga qodir deb o'ylaysiz?
- Xudo xohlasa finalgacha borishni oldimizga maqsad qilganmiz. Bizni yigitlar hammasi tayyorgarlikni eng yuqori tempda olib borishmoqda. Murabbiyimiz ko'rsatayotgan taktikalarni o'zimizga singdirib bormoqdamiz.

- Pulpis bilan anchadan buyon ishlayapsizlar. Uning boshqalardan ajralib turadigan tomoni nimada?
- Pulpis trenerovka paytida jiddiy, u o'zini mutaxassisligi bo'yicha ustaligi shundoq ko'rinib turadi. Trenerovkadan tashqari o'zimizga o'xshagan inson, hazillashib turadi.

- Qozog'iston bilan ikkita o'yin o'tkazamiz. Bu o'yinlar bizga qanchalik foydali bo'ladi deb o'ylaysiz?
- Qozog'iston bilan oddiy o'rtoqlik uchrashuvi deya olmayman, chunki biz o'zimizni xatolarimiz ustida ishlayapmiz. Hozirdan Osiyo chempionatiga tayyorgarlik qilayapmiz, yigitlar o'ziga ishonchi ortishi uchun bizga g'alaba muhim deb o'ylayman.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика