Futzal. Furqat Azizov: "Finalda tajriba o'z so'zini aytdi"

Tolibjon Qosimov
2 noya 2016, 18:48
31 oktyabr kuni futzal bo'yicha Assotsiatsiya kubogi-2016ning final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni "Olmaliq" "Five Star"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchratdi. "Five Star" a'zosi Furqat Azizov o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Juda ham kuchli tarkibga ega bo'lgan "Olmaliq"qa qarshi o'yin juda ham qiyin o'tdi. Tajriba o'z so'zini aytdi. Bir kun oldin yarim finalda "Do'stlik-AIN" bilan o'yinda ko'p kuch yo'qotganimiz uchun hisob yirik ko'rinish oldi deb o'ylayman. Shunday bo'lsa ham, yigitlarga musobaqadagi va finaldagi o'yinlari uchun minnatdorchilik bildiraman.

Jamoamiz bosh murabbiyi Javlon Anorov "Olmaliq" a'zosi hisoblanadi va finalda murabbiysiz biroz qiyinchilikka duch keldik".

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia