Futzal. Feruz Faxriddinov: "Yarim finaldagi mag'lubiyatdan keyin tushkunlikka tushib qolgan edik"
20 apr 2017 13:07
Yangiliklar
Futzal. Feruz Faxriddinov: "Yarim finaldagi mag'lubiyatdan keyin tushkunlikka tushib qolgan edik"
Unda amaldagi bronza medali sohibi "Do'stlik-AIN" jamoasi "Bunyodkor"ni 4:2 hisobida mag'lub etdi. O'yindan so'ng qarshiliklarning barcha to'rtta goliga mualliflik qilgan Feruz Faxriddinovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Bugun juda ham qiyin o'yin bo'ldi, chunki "Bunyodkor" ham yaxshi tayyorlangan ekan. Yarim finalda "Ardus"ga yutqazib qo'yganimizdan keyin tushkunlikka tushib qolgan edik. Bu narsa bugungi bahs boshida o'z tasirini o'tkazdi va birinchi daqiqadayoq ikkita gol o'tkazib yubordik. Lekin, yigitlar bilan mana shu holatdan ruhan chiqib keta oldik va yakunda g'alabani o'z tomonimizga og'dirdik. Nasib qilsa, bronza masalasini ertangi o'yindayoq hal qilamiz.
"Bunyodkor" tur bellashuvlariga qaraganda ancha kuchli o'yin namoyish etdi. Bu yil oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgan edi, afsuski tajriba va omad etishmagani bois yarim finalda mag'lub bo'ldik".
Fikrlar