So’nggi yangiliklar

10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  0 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  1 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  4 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  9 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  10 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  36 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  4 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  5 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  14 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0

Futzal. Ertaga O'zbekiston U-20 - Iroq U-?? yoxud finaldan oldin kimlar bilan o'ynaymiz? Yangiliklar

Futzal. Ertaga O'zbekiston U-20 - Iroq U-?? yoxud finaldan oldin kimlar bilan o'ynaymiz?

Tailandda futzal bo'yicha U-20 Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha O'zbekiston yoshlar terma jamoasi chorak finalda Mo'g'ulistonga qarshi qiyin o'tgan bahsda 10:7 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga chiqdi.

Xose Mariya Mendez boshchiligidagi jamoa ertaga, 24 may kuni final chiptasi uchun Iroqqa qarshi o'ynaydi.

O'yindan oldin Iroq haqida qisqacha to'xtalib o'tishga qaror qildik. Gap shundaki, Osiyo chempionati guruh bosqichi yakunlangach jamoalar vakillari ishtirokida o'tgan mitingda Eron vakili OFKga Iroq ustidan shikoyat yozishini malum qildi. Eronliklarga Yaponiya, Tailand kabi jamoalar ham qo'shildi. Ammo hozirga qadar OFK hech qanday qarorni qabul qilmadi. 

Iroq o'yinchilarining yoshlari 20dan anchagina katta ekanligi shundoq ko'rinib turibdi. Kecha mana shu jamoa Yaponiyani mag'lub etib yarim finalga chiqdi.

Xullas, ertaga eng kattasi 19 yosh bo'lgan futzalchilardan tashkil topgan O'zbekiston terma jamoasi Iroq U-?? jamoasiga qarshi o'ynaydi.

Finalga chiqqan ikki terma jamoasi 2018 yil yoshlar o'rtasidagi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritadi. Olg'a, O'zbekiston!

Abdurahmon Fozilov
Bangkok, Tailand



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика