Futzal. Eron 12-marta Osiyoda tengsiz!

Narzulla Saydullayev
11 fev 2018, 17:43
Xitoy Taypeida futzal bo'yicha 15-Osiyo chempionati yakuniga etdi.

Final uchrashuvida Yaponiya va Eron terma jamoalari to'qnash kelishdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi taymda esa forslar raqib darvozasiga javobsiz 4ta gol uribnabatdagi bor qitada tengsiz bo'lishdi. Eron 15-marta o'tkazilgan Osiyo chempionatida 12-bor chempion bo'ldi.

Osiyo chempionati-2018
Final
Yaponiya - Eron 0:4
Gollar: 
Hassanzoda 19, 28, Tavakoli 21, Toyibi 39

Eslatib o'tamiz, ushbu Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi uchinchi o'rin uchun bahsda Iroqni mag'lub etib bronza medallariga ega chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia