So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Futzal. Dilshod Xaydarqulov: "Paragvayga qarshi o'yin ko'p narsaga aniqlik kiritib beradi" Yangiliklar

Futzal. Dilshod Xaydarqulov: "Paragvayga qarshi o'yin ko'p narsaga aniqlik kiritib beradi"

Teglar :  Dilshod Xaydarqulov
Tajribali futzal murabbiyi va terma jamoaga bir nechta o'yinchilarni etkazib bergan Dilshod Xaydarqulov Paragvayga qarshi uchrashuv oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

Malumot uchun, Xose Venansio Lopes boshqaruvidagi futzal milliy jamoasi ertaga, 17 sentyabr kuni Paragvayga qarshi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvini o'tkazadi. 


- Avvalo Jahon chempionati boshlangani bilan barchani tabriklayman. Mundialga yurtimiz mezbonlik qilayotgani quvonarli holat. Bu o'zbek futzali, murabbiylar uchun foydali deb o'ylayman. 

- Birinchi turda Niderlandiya bilan kuch sinashdik. Dastlabki bo'limda jamoamiz o'ziga o'xshamadi. Ikkinchi bo'limda yigitlar o'zlariga kelishdi. Bu tabiiy holat. Aytishim mumkinki, tarkibimiz ancha yoshargan. Abror Axmetzyanov, Fazliddin Botirov, Samariddin Berkinov uchun debyut Jahon chempionati. SHunga qaramay ular yomon o'yin ko'rsatgani yo'q. 

- Jarohatlar o'z tasirini o'tkazyapti. Sunnat Jo'raev, Davron CHoriev, Dilshod Rahmatov, Ravshan Eliboevlar bo'lganida Niderlandiyani aniq yutar edik. 3-3 yaxshi hisob, lekin ikki ochko yo'qotdik. O'yin oxirida Husniddin Nishonov katta sahnaga chiqdi. Ushbu turnirda Husniddindan ko'p narsa kutyapman. U top darajadagi futzalchi. Jahon chempionatida o'z nomini qoldirishi kerak. Qolganlar ham yorqin o'yin ko'rsatishiga ishonaman. 

- Paragvayga qarshi o'yin ko'p narsani aniqlab beradi. Eng asosiy o'yinda g'alaba qozonish muhim. Bu raqibdan ustun kelsak guruhda peshqadam bo'lishimiz imkoni paydo bo'ladi. Umid qilamanki, eng yaxshi natijamizga erishamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика