So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Futzal. Dilshod Raxmatov: “Bizni Xose Mariya Mendez orqali Xitoyga taklif qilishdi” Yangiliklar

Futzal. Dilshod Raxmatov: “Bizni Xose Mariya Mendez orqali Xitoyga taklif qilishdi”

Xitoyning "Gansu Masrey" jamoasi safida to'p tepayotgan futzal bo'yicha terma jamoa azosi Dilshod Raxmatov bilan uyushtirilgan eksklyuziv intervyuni etiboringizga havola etishga vada bergan edik.
Quyida ana shu suhbatni o'qishingiz mumkin.

- SHuhrat Tojiboev va sizni Xitoyga kim taklif qildi?
- Terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Xose Mariya Mendezning do'sti shu jamoada bosh murabbiy ekan. Aynan Mendez orqali xitoylik agent bizni taklif qildi. Xitoyliklar “Ardus” bilan muzokaralar olib borishganidan keyin bu erga o'tdim.

- Bosh murabbiy kim?
- Braziliyalik murabbiy, ismi Joao. To'liq ismini hozircha bilmayman.

- Sizlardan boshqa yana legioner bormi?
- Tyago ismli braziliyalik legioner bor, Osiyodan esa men bilan SHuhrat aka. Bu klub yangi tuzilgan ekan, bu mavsum birinchisi bo'ladi.

- Til masalasichi, tarjimon bormi?
- Rus tilida gapiradigan tarjimon bor.

- Xitoyda chempionat qachondan boshlanadi?
- Keyingi oydan start beriladi.

- Qancha muddatga shartnoma tuzdingiz?
- Ikkalamiz ham 9 oylik shartnomaga imzo chekdik. Men ijara asosida o'ynayapman, SHuhrat aka esa klubning to'laqonli azosilar.



- Mashg'ulotlar qay tarzda o'tmoqda?
- O'tgan hafta bir mahaldan shug'ullangan edik, bugundan esa ikki mahalga ko'chirildi.

- Yaqinda bo'lib o'tgan klublar o'rtasidagi OCHning guruh bellashuvlarida Toshkentning “Lokomotiv” klubini 6:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgan "SHenjen Nanling Tielang" jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazibsizlar, qanday natija qayd etildi?
- Haqiqatdan ham o'sha jamoa bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazildi, lekin unda men yo'q edim. SHuhrat aka ishtirok etganlar o'sha uchrashuvda va 3:10 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

- Klub oldiga qanday vazifa qo'yilgan?
- Bizni jamoa yangi, shunga qaramay uchtalikka kirishimiz kerak.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика