Futzal. Bugun O'zbekiston TJ Qozog'istonga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi

Eldor Akmurzayev
15 dek 2021, 07:45
Kecha, 14 dekabr kuni o'tgan dastlabki uchrashuvda Bahodir Ahmedov shogirdlari 1:3 hisobida raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.

Qozog'iston hamda O'zbekiston o'rtasidagi bugungi o'rtoqlik uchrashuvi ham 18:00 da start oladi va "Jaksilik Ushkempirov” nomidagi yakkakurash saroyi (Nur-Sulton)da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, ilk o'yinda mezbonlar safida gollarni Arnold Knaub, Duglas hamda Igita urgandi, vakillarimizdan esa Ilhom Hamroev javob to'pi muallifiga aylandi.

“Sport” telekanali bo'lajak uchrashuvni ham to'g'ridan-to'g'ri efirda translyatsiya qilishni rejalashtirgan.

Futzal. O'zbekiston terma jamoasi Qozog'istonga imkoniyatni boy berdi

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia