

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Huseyn Shodiev ushbu musobaqada ishtirok etadigan 14 nafar futzalchi nomini e'lon qildi.
Tojikistonning Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi:
Darvozabonlar: Firuz Bekmurodov (DISI Invest), Murodullo Alikulov (Sino);
O'yinchilar: Dilshod Salomov, Sobirdjon Gulyakov, Shavkat Xalimov, Raxmonali Sharipov, Umed Kuziev (barchasi – DISI Invest), Fayzali Sardorov, Nekruz Alimaxmadov, Muxammadjon Sharipov, Ikbol Vositzoda (barchasi – Sipar), Firuz Sangov (Soro kompaniya), Baxodur Xodjaev (Sadovaya), Rustam Xamidov (San Siti, Qirg'iziston).
Eslatib o'tamiz, Tojikiston terma jamoasi qita chempionatida "B" guruhida O'zbekiston, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan o'ynaydi.




