Futzal bo'yicha Oliy liga ishtirokchilari bittaga kamaydi
12 jan 2022 21:06
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Oliy liga ishtirokchilari bittaga kamaydi
Navoiyning "Stroitel-Zarafshon" jamoasi Oliy ligadagi ishtirokini davom ettira olmaydi.
Futzal bo'yicha Oliy liga bahslarining 2021/22 yilgi mavsumi davom etmoqda. Unda qatnashayotgan "Stroitel-Zarafshon" klubi O'zPFLga rasmiy xat chiqarib, jamoa futzal bo'yicha mamlakat chempionati va kubogining 2022 yilgi uchrashuvlarida ishtirok eta olmasligini bildirdi. Bunga jamoaning moliyaviy jihatdan og'ir ahvolda qolgani sabab bo'lmoqda.
Malumot uchun, O'zbekiston chempionati joriy mavsumida 11 o'yin o'tkazgan "Stroitel-Zarafshon" 1 ochko bilan musobaqa jadvalida oxirgi bo'lib turibdi.
Fikrlar