So’nggi yangiliklar

08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  0 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  9 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  7 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   17 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1

Futzal bo'yicha JCH. Argentina Franciyani 3:2 hisobida mag'lub etdi va ketma-ket uchinchi marotaba mundial finalida o'ynaydigan bo'ldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH. Argentina Franciyani 3:2 hisobida mag'lub etdi va ketma-ket uchinchi marotaba mundial finalida o'ynaydigan bo'ldi

Yurtimizda bo'lib o'tayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatining yarim final Argentina - Franciya bahsi bo'lib o'tdi.

Jahon chempionati 

1/2 final

Argentina – Franciya  3:2

Gollar: Kevin Arrieta 3, Nikolas Menendes 6, Klaudino 8, Mamadu Ture 25, Kevin Arrieta 37,

Toshkent. "Humo Arena".

Argentina(dastlabki beshlik): 1.Nikolas Sarmiento, 3.Anxel Klaudino, 6.Sebastyan Korso, 11.Alan Brandi, 14.Pablo Taborda. 

Zaxira: 12.Kravecki, 2.Lukaas Tripodi, 4.Bolo Alemani, 5.Agustin Plaza, 7.Matias Rosa, 8.Lusiano Gauna, 9.Kristian Borruto, 10.Konstantino Vaporaki, 13.Kevin Arrieta. 


Franciya(dastlabki beshlik): 1.Fransis Lokoka, 8.Ayub Saadaoui, 10.Abdessamad Muhammad, 11.Suxail Mouhoudin, 14.Ouassini Guirio.  

Zaxira: 12.Tibo Garros, 2.Sid Belhaj, 3.Mamadu Ture, 4.Nikolas Menendes, 5.Artur CHaptchet, 6.Kevin Ramires, 7.Stiv Bendali, 9.Nelson Lutin, 13.Mamadu Ture.  



Matnli translyaciya 

Uchrashuv yakunlandi. Argentina finalda!

Franciya so'nggi daqiqalarda o'ynovchi darvozabon bilan xarakatlandi, ammo gol ura olmadi.

36. GOOLLLL!!!!Kevin Arrieta "dabl penalti"dan unumli foydalandi va gol urdi. Hisb 3:2 Argentina foydasiga.

35. Kristian Borruto va terma jamoasi bosh murabbiyi sariq kartochka bilan jazolandi.

34. Fransis Lokoka ketma-ket ikkita seyv qayd etdi.

27. Mamadu Ture sariq kartochka bilan jazolandi.

25. GOLLL!!! Mamadu Ture raqib darvozaboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib oldi va hisobni tenglashtirdi.

25. Lusiano Gauna qanotdan kuchli zarba berdi, Fransis Lokoka o'z o'rnida.

23. Ayub Saadaoui qanotdan zarba berdi, lekin zarbaga aniqlik etishmadi.

21. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi, hozircha hisob 2:1 Argentina foydasiga.

20. TAYM-AUT! Franciya terma jamoasi ham tanaffus olishga qaror qildi.

19. Franciya terma jamoasi darvoza to'sinini nishonga oldi. Qaytgan to'p esa darvoza chizig'ini to'liq kesib o'tmagani sabab, gol hisobga olinmadi.

16. Franciya yana bir xavfli vaziyatga ega bo'ldi, ammo zarba noaniq.

13. TAYM-AUT! Argentina terma jamoasi tanaffus olishga qaror qildi.

8. GOLLLLL!!!! Argentina tezda javob berdi va yana hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi Klaudino.

6. GOOLLLLLL!!! Franciya hisobni tenglashtirdi. Nikolas Menendes darvoza burchagini aniq nishonga oldi.

4. Abdesammad Mohammeddan yana bir xavfli zarba.

3. GOLLLLLL!!!! Kevin Arrieta penaltidan unumli foydalandi va uchrashuvdagi dastlabki golni urdi.

3. Argentina terma jamoasi penalti ishlab oldi.

2. Franciya dastlabi xavfli vaziyatga ega bo'lmoqda. Abdesammad Mohammedning zarbasiga aniqlik etishmadi.

2. Alan Brandi uchrashuvdagi dastlabki zarbaga mualliflik qildi.

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar parketga chiqib kelishdi, madhiyalar yangradi. Uchrashuv startiga sanoqli soniyalar qolmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика