So’nggi yangiliklar

14:14Месси – FourFourTwo талқинида тарихдаги энг яхши футболчи, Роналду 4-ўринда  2 12:35Руни "Манчестер Сити" – "Реал" ўйинида эксперт сифатида ишлайди  5 12:07Ўзбекистон – Қирғиз Республикаси учрашувининг вақти ўзгарди  12 11:39Ривалдо: "Ямаль – "Барселона" учун ҳақиқий хазина"  8 11:05Расман: Серхио Рамос Мексика клубига ўтди  7 10:45Жаҳонгир Абдумўминов Вьетнамдаги 4 йиллик фаолиятидан сўнг Ўзбекистонга қайтди  0 10:13Алтин Крезиу: "Андижон"да янги синовларга тайёрман"  1 09:42"ФарДУ" Про-лига янги мавсумига тайёргарликни Тошкентда давом эттиради  0 09:10Нима учун водий клубларида муаммолар бўлаверади? "Нефтчи"нинг трансфер тақиқи ва бошқа мавзулар — Камолиддин Мурзоев билан интервью  1 08:4538 ёшли Рамос янги жамоасида қайси рақамда ўйнайди?  2 08:15Расман: "Бунёдкор" хорватиялик ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 07:31Дилшод Жўраев: "Хоразм"нинг Суперлигада ўйнашига охиригача ишонгандик"  2 03:20Испания Кубоги. "Барселона" чорак финалда қийинчилик кўрмади, Торрес собиқ жамоасини аямади  67 02:57"Ливерпуль" катта қийинчиликсиз Англия Лига Кубоги финалига йўл олди  9 02:32А Серия. "Интер" қолдирилган ўйинда йирик ҳисобда ютқазди  4

Futzal bo'yicha JCH ishtirokchilaridan malum bo'lmagan faqat ikkita jamoa qoldi Yangiliklar

Futzal bo'yicha JCH ishtirokchilaridan malum bo'lmagan faqat ikkita jamoa qoldi

SHu yilning kuzida Litvada futzal bo'yicha navbatdagi jahon chempionati bo'lib o'tadi.

Quvonarlisi, ushbu musobaqada O'zbekiston futzal terma jamoasi ham ishtirok etadi. O'tgan yil futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilishi hamda bu musobaqa JCHga yo'llanma berishi lozim edi. Biroq koronavirus tufayli Turkmaniston musobaqaga mezbonlik qilishdan bosh tortdi. So'ngra Quvaytga berildi va Quvaytda ham virus sabab o'tkazilmay qoldi. 

Natijada OFK musobaqani o'tkazmaslikka qaror qildi va terma jamoalarning reytingda tutgan o'rniga qarab jahon chempionatiga borishini aniqlab olishga kirishdi. Malumki, FIFA OFK uchun 5ta yo'llanma ajratgan va hozirda mundialda ishtirok etadigan Osiyoning 3 terma jamoasi aniq: Eron, Yaponiya va O'zbekiston. Yana ikkita jamoa pley-off bahslaridan so'ng malum bo'ladi. 

OFK pley-off bosqichida Iroq - Tailand va Vetnam - Livan terma jamoalari o'zaro kurash olib boradi. O'yinlar uy-mehmon tarzida o'tkaziladi. Dastlabki bahslar 20 may, javob uchrashuvlari 25 mayga belgilangan. Ushbu ikkita juftlikda o'zini ko'rsatgan ikki jamoa ham jahon chempionatiga yo'l oladi. 


KONKAKAFda saralash bahslari o'tkazildi

Yaqinda KONKAKAF mintaqasida JCHga chiqish uchun saralash bahslari o'tkazildi. Bo'lib o'tgan o'yinlar natijasiga ko'ra, Litvaga boradigan yana to'rt jamoa malum bo'ldi. Bular - Kosta-Rika, Guatemala, Panama va AQSH.   

Litvadagi jahon chempionati shu yilning 12 sentyabr - 3 oktyabr kunlari o'tkaziladi. Musobaqaga Litvaning uchta shahri - Vilnyus, Kaunas hamda Klaypeda mezbonlik qiladi. Futzal bo'yicha jahon chempionatida jami 24ta terma jamoa qatnashadi. Jamoalar to'rttadan 6 guruhga bo'linadi.


Futzal bo'yicha JCH-2021 ishtirokchilari: 

Yaponiya

Eron

O'zbekiston

Angola

Misr

Marokash

Argentina (amaldagi chempion)

Braziliya

Paragvay

Venesuela

Solomon orollari

Litva (mezbon)

Qozog'iston

Portugaliya

Rossiya

Ispaniya

CHexiya

Serbiya

Kosta-Rika

Panama

Guatemala

AQSH

P.S. Yana 2ta jamoa OFK pley-off o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика