So’nggi yangiliklar

22:57Шоҳруз Норхонов: "Жамоамга ғалаба келтирганимдан хурсандман"  0 22:44Февзи Давлетов: "Жанговар дуранг бўлди"  0 22:18Ҳаким Фузайлов: "Футболчиларимизга озгина дадиллик етишмади"  1 22:15Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" (матнли трансляция)  3 22:05Суперлига. "Қизилқум" "Бухоро"ни мағлуб этди, Норхонов собиқ жамоасига гол урди  11 21:53"Челси" сўнгги марта 1 ярим йил олдин гол урган ҳужумчисини сотиб юборди  0 21:34Душан Тадич БАА жамоасига ўтди  0 21:03Суперлига. Олмалиқда кечган "Хоразм" – "Сурхон" учрашувида жанговар дуранг  15 20:52"Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  1 20:51Суперлига. "Бунёдкор" – "Шўртан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 20:15Хойлунд "Манчестер Юнайтед"дан кетишга шошилмаяпти  1 19:43Эксперт фикри. Расул Раҳмонов: "Андижон"да ўзига бўлган ишонч уйғонмоқда"  1 19:22"Бунёдкор" стадиони CAFA мусобақаси мезбони бўлиб қоладими?   15 18:37"Андижон" Қаршида "Насаф" билан дуранг қайд этган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 18:24"Нефтчи" Қўқонда қийин ғалабага эришган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 mezbon shaharlari elon qilindi Yangiliklar

Futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 mezbon shaharlari elon qilindi

Yurtimiz so'nggi yillarda xalqaro miqyosidagi nufuzli futbol va futzal bo'yicha musobaqalarni qabul qilish yuzasidan katta qadamlarni tashlamoqda.

Ayniqsa, FIFAning 2024-yilgi futzal bo'yicha Jahon chempionati mezbonligini O'zbekistonga ishonib topshirishi bu borada olib borilgan keng ko'lamli ishlarning mahsuli bo'ldi. 

Futzal bo'yicha dunyo mundialining hal qiluvchi uchrashuvlari mezboni sifatida uchta betakror shaharlar – poytaxt Toshkent, qadimiy Ipak yo'li chorrahasida joylashgan Buxoro va vodiy durdonasi sanaladigan Andijon tanlab olindi. 

Markaziy Osiyoda ilk bor o'tadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo'yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan musobaqada amaldagi g'olib Portugaliyadan tortib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Franciya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar joriy yilning 14-sentyabr va 6-oktyabr kunlari yurtimizda jam bo'lishadi. Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlari mezbonlik qiladigan mundialning qura tashlash marosimi kelasi oy yurtimizda tashkil etiladi. 

"Biz O'zbekistonning boy va rang barang madaniyatini aks ettiruvchi uchta shahri mezbon sifatida tanlab olinganidan juda ham mamnunmiz. Ishonchim komil – 24 ta ishtirokchi terma jamoa buerda o'zini xuddi uydagidek his etadi va eng yaxshi sharoitlarda mashg'ulot va o'yinlarini o'tkazish imkoniga ega bo'lishadi. 

Mazkur musobaqa O'zbekistonda, umuman Markaziy Osiyoda o'tkaziladigan dastlabki FIFA turniri sanaladi va bu jihat musobaqaning qiymati va ahamiyatini yanada oshiradi. Bu tashkilotimizning yanada global miqyos kasb etish bo'yicha maqsadlariga to'la mushtarak keladi", – dedi FIFA musobaqalar o'tkazish bo'limi rahbari Haime Yarza. 

Bu xususda O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov shunday dedi: 

"Bu ajoyib tadbirga mezbonlik qilish biz uchun katta sharaf. O'zbekiston jadal suratlar bilan rivojlanayotgan ajoyib mamlakat va biz endi dunyoning eng yaxshi futzalchilari va murabbiylarini qabul qilish va ularni ushbu maftunkor maskan bilan yanada yaxshiroq tanishtirishga hozirlik ko'rishimiz mumkin. Futzalning butun dunyoga mashhurligini inobatga olgan holda, butun jahondan minglab muxlislar tribunalarni to'ldirib, o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashi, barchaning ushbu tadbirdan bahramand bo'lishi va ajoyib muhit yaratishlarini kutyapmiz".

Qayd etish joiz, futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati-2024 rasmiy qura tashlash marosimi shu yilning 26-may sanasida tashkil etiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика