So’nggi yangiliklar

10:28"Барселона" етакчиларидан бири: "Тўп Винисиусда бўлса, фақат ибодат қилиш қолди"  1 10:00"Реал" ва "Ман Сити" италиялик ҳимоячи учун курашмоқда  0 09:35Ўзбекистон аёллар терма жамоасининг Осиё кубогига борадиган таркиби маълум  0 08:50The Telegraph АПЛ мавсумидаги топ-10 трансферни эълон қилди  0 08:22"Барселона" президенти: "Биз 2023 йилда уни қайтариб олишга ҳаракат қилдик, лекин Месси "Интер Майами"га ўтишни қарор қилди"  5 07:56EЧЛдан шармандали тарзда чиқиб кетганидан сўнг жамоа бош мураббийи нималар деди?  3 07:25Жамшид Искандеров: "Ҳақиқатдан ҳам бундай гап-сўзлар бўлди  17 04:38"У менга ҳатто илтимос ҳам қилмай қўйди" — Педри Ферран Торреснинг "шахсий ҳайдовчисига" айлангани ҳақида ҳазиллашди  0 04:25ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!  30 00:45ЕЧЛ. Сёрлотнинг хет-триги "Атлетико"ни 1/8 финалга олиб чиқди  8 00:40ЎФА "Олимпик" клубидаги маошлар муаммоси бўйича баёнот берди  9 23:46"Лапорта борган сари Трампга ўхшаб қолмоқда" — Виктор Фонт "Барселона"даги янги можароларга муносабат билдирди  9 23:12"Реал"да жиддий йўқотиш бўлиши мумкин: Мбаппе "Бенфика" билан ўйин олдидан машғулотни тўхтатди  7 22:27"Локомотив" 2026 йилги мавсум учун футболчилар рўйхатини эълон қилди  2 22:08"Андижон"да ўзгаришлар — Осиё чемпиони кетди, ярим ҳимоячи ижарага берилди  1

Futzal bo'yicha BMB CUP musobaqasida eng kuchlilar taqdirlandi Yangiliklar

Futzal bo'yicha BMB CUP musobaqasida eng kuchlilar taqdirlandi

Teglar :  BMB CUPBMB Holding
Joriy yilning 20 iyul kuni Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish institutining sport majmuasida BMB HOLDING tashabbusi bilan o'tkazib kelinayotgan ananaviy BMB CUP musobaqasi uchinchi mavsumi yakuniga bag'ishlangan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Futzal bo'yicha mazkur musobaqa “O'zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi PF-5924-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib hamda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, futzalni yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb qilish orqali istedodlarni kashf qilish maqsadida tashkil etildi.



Futzal bo'yicha ananaviy “BMB CUP” musobaqasi havaskorlar o'rtasida 2023 yilning noyabr oyidan 2024 yilning iyuliga qadar, qariiyb 8 oy davomida o'tkazildi. Musobaqada 40 dan ortiq jamoalar ishtirok etish istagini bildirdi. Avvaliga saralash musobaqasi tashkil qilinib, ushbu bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 13 jamoa asosiy musobaqada ishtirok etdi. Musobaqaning asosiy bosqichida ishtirok etgan jamoalar jami 26 turda 156 ta uchrashuv o'tkazdi.



Ahamiyatli tomoni shundaki musobaqa bo'yicha belgilangan tartibga ko'ra, har bir jamoada 3 nafardan yosh futbolchi bo'lishi majburiy bo'lib, ulardan biri jamoa tarkibida maydonda xarakat qilishi lozim. Bu futzalni yoshlar orasida yanada ommalashishiga va yanada yuksak cho'qqilarga olib chiqilishga turtki bo'lmoqda. Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasini asosini mazkur musobaqada ishtirok etayotgan yosh futzalchilar tashkil qilayotgani albatta quvonarli hol bo'lib, bu yutuq musobaqa ishtirokchilari tomonidan alohida takidlandi.




Musobaqa davomida ijtimoiy tarmoqlar orqali uchrashuvlar videotranslyaciyasi muntazam ravishda uzatilib, instagramm, feysbuk va bir nechta telegramm kanallar orqali musobaqa natijalari, to'purar futzalchilar va boshqa statistik malumotlar, musobaqaning eng chiroyli gollari videolavhasi havola etib borildi.



Musobaqaning so'nggi o'yini yakuniga etgach, g'oliblar taqdirlandi. Futzal bo'yicha BMB CUP musobaqasi g'olibi Kubogi, oltin medallar bilan “O’zsanoatqurilishbank” jamoasi taqdirlandi, ikkinchi o'rin va kumush medallar “BMB” jamoasiga, uchinchi o'rin va bronza medallari esa “Poytaxt” jamoasiga nasib etdi.



SHuningdek, “Fair Play” nominaciyasi, musobaqaning eng intizomli jamoasi, “Musobaqaning eng yaxshi darvozaboni”, “Eng yaxshi yosh o'yinchi”, “Musobaqa to'purari”, “Musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi” kabi nominaciyasi g'oliblari ham pul mukofotlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida “VIA Marokand” va Kaniza ijrosidagi musiqiy chiqishlar musobaqa g'oliblari va sport ixlosmandlari uchun ajoyib sovg'a bo'ldi.





Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика