So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  2 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  21 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1

Futzal. Birinchi davra yakuniga etdi. “Neftchi” uchinchi o'rinda! Yangiliklar

Futzal. Birinchi davra yakuniga etdi. “Neftchi” uchinchi o'rinda!

Teglar :  FutzalNeftchi
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining birinchi davrasi yakuniga etdi. Birinchi davraga 11-tur o'yinlari yakun yasadi.

Tajribali futzalchi Farrux Zokirov murabbiylik qilayotgan Farg'onaning “Neftchi” klubi futzalchilari birinchi davra yakuniga ko'ra jami 43 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.  Jamoa bugungacha jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 bor g'alaba, 7 bor durang, 3 marta mag'lubiyat qayd etdi. SHu boisdan biz “Neftchi” futzal jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov bilan birinchi davra yakunlari bo'yicha suhbatlashdik.


                                   

Jamoaning tashkil topishi
Ushbu mavsumda bizning futzal jamoamiz birinchi bor tashkil topdi-deb gap boshladi Farrux Zokirov.  Aynan ushbu mavsumdan etiboran Superliga jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan mamlakat chempionatida ishtirokimizni boshladik. Mavsum boshida “Neftchi” klubi rahbariyati bizga sovrinli o'rinlar uchun kurasha oladigan jamoa tuzishimiz haqida vazifalar belgilagandi. SHu bois biz tarkibimizga futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida o'ynagan va hozirda o'ynayotgan tajribali o'yinchilarni jalb etishga harakat qildik. SHuningdek birinchi davradan oldin Farg'ona shahrida yig'in o'tkazib, yosh iqtidorli futzalchilarni saralab oldik. Asosiy maqsadimiz – O'zbekiston terma jamoasiga yosh iqtidorli futzalchilarni etkazib berish, chempionatda sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoa shakllantirishdan iborat.

                                            

Bosib o'tilgan yo'l  
Jamoani shakllantirib olganimizdan so'ng dastlabki uchrashuvlarimizni o'tkazdik. Kutilganidek, natijalarimiz chakki bo'lmadi. Bilasizmi, birinchi davrada biz Superliga futzal jamoalarining har biridan ochko olishga erishdik, 12 ta jamoa ishtirok etayotgan chempionatda hoh safarda, hoh uyda o'tkazilgan uchrashuvlar bo'lsin, jamoamiz azolari har bir uchrashuvga faqat g'alaba ishtiyoqida maydonga tushishdi. Bizda yaxshi jamoa shakllandi, mana natijalarimiz ham buni ko'rsatib turibdi. Hozirda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan AGMK futzal jamoasi bilan safarda o'tkazilgan uchrashuvlar, Buxoro futzal jamoasi bilan o'tgan uchrashuvlar biz uchun qiyin bo'ldi. SHuningdek Paxtakor futzal jamoasi bilan uyimizda o'tgan uchrashuvda ham shogirdlarim bir oz qiynalishdi. Sababi  ushbu jamoalarda tajribali futzalchilar jamlangan, terma jamoaga nomzod futzalchilar to'p surishadi. Umuman sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan barcha jamoalar bilan qiyin uchrashuvlar o'tkazdik desak bo'ladi. Bizning jamoa ko'rsatayotgan natijalardan kelib chiqib, barcha futzal jamoalari bizga qarshi o'tgan uchrashuvlarda jiddiy qarshilik ko'rsatishdi. Takror aytaman, natijalarimiz yomon emas. Birinchi davrada jamoamiz jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 bor g'alaba, 7 bor durang, atigi 3 marta mag'lubiyat qayd etdi.                    

Raqiblar haqida
Turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan AGMK futzal jamoasi,ikkinchi o'rinda borayotgan Paxtakor futzal jamoalari haqida aytadigan bo'lsak, bu jamoa futzalchilari juda tajribali hisoblanadi. SHuningdek, ushbu jamoalar tarkibida O'zbekiston futzal terma jamoasiga nomzod, mashhur futzalchilar talaygina. Bundan tashqari ushbu jamoalarga o'z klublari tomonidan yaratib berilgan sharoitlar ham alo darajada, biz buni uchrashuvlar davomida ko'rdik. Birinchi davrada AGMK jamoasini mag'lub etgan ikkita jamoa bor, bittasi Paxtakor, ikkinchisi bizning jamoa. Paxtakor futzal jamoasi o'yinchilari uchrashuv jarayonida har bir yaratilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana olishar ekan, bu jamoaning ko'rsatayotgan natijalari ham shunga mos ko'rinish hosil qildi. Turnir jadvalida to'rtinchi o'rinda borayotgan Metallurg jamoasi bilan o'tgan uchrashuvlarda bir durang, bir mag'lubiyat qayd etdik, o'sha bizning jamoani mag'lub etgan jamoalar ichida Metallurg ham bor. Bizdan eng ko'p ochko tortib olgan jamoa ham aynan Metallurg futzal jamoasi bo'ldi. SHuningdek Buxoro, Nasaf futzal jamoalarida ham iqtidorli futzalchilar jam bo'lganligi birinchi davra davomida ko'zga tashlandi.

Ikkinchi davraga tayyorgarlik xususida
Futzal salqin ob-havo sharoitida o'tkaziladigan sport turi hisoblanadi. SHu bois jamoalarga avgust oyi ikkinchi yarmiga qadar dam berildi. Orada yuzaga keladigan katta tanaffus vaqtida asosan kechki vaqtlarda yig'in o'tkazishni rejalashtirganmiz. Ushbu yig'in davomida biz xato va kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz, jamoamizga yosh iqtidorli futzalchilarni jalb etishga harakat qilamiz. SHuningdek, ochig'ini aytadigan bo'lsak, yuzaga kelagan tanaffus vaqtida biz jamoamiz azolarini saqlab qolishga harakat qilishimiz kerak. CHunki boshqa jamoalar qulayroq taklif bilan chiqib, bizning futzalchilarni o'z tarkiblariga qo'shib olishga urinishlari ham mumkin. Ishonaman, bu borada klubimiz rahbariyati bizga moliyaviy tomondan ko'maklashadi, futzalchilarimizga mukofot pullari beriladi, rag'batlantiriladi. Biz “Neftchi” klubi brendini futzal tomonlama ham munosib himoya qilishga harakat qilamiz, jamoamiz bu yil sovrinli o'rinlar uchun kurashsa, keyingi mavsumda balki Osiyo chempionatida ishtirok etarmiz, bunga biz jamoani asta-sekin moslashtirib borayapmiz.  Bizda selekciya ishlari ham yaxshi yo'lga qo'yilgan, oraliq tanaffus davomida ko'z ostimizga olib qo'ygan futzalchilar bor, ularni tarkibimizga jalb etishga harakat qilamiz.“Neftchi” futzal jamoasiga Qirg'izistonning “Erem” jamoasidan yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish bo'yicha taklif tushgan, hozirda ular bilan bu masalada muzokaralar olib borayapmiz. SHuningdek biz elonlar berdik, yig'in davomida nafaqat futzalchilar, balki katta futbolda o'ynagan futbolchilar ishtirokida kichik musobaqalar tashkil etishni rejalashtiryapmiz. Bizning jamoada yordamchi murabbiy Bobur Madaminov bilan birgalikda birinchi davra davomida futzal  jamomizni “Bir jamoa-bir oila” ko'rinishida shakllantirishga, futzalchilarimiz o'rtasida ahillikni tashkillashtirishga harakat qildik, qaysidir manoda bunga erishdik. Ikkinchi davrda ham xuddi shu ko'rinishda ishlashni, jamoamiz futzalchilari o'rtasida ahillikni shakllantirishga harakat qilamiz. Farg'onada futzal bo'yicha yaxshi jamoa shakllanayotganligini hamma bilishini, kelajakda futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga nomzod futzalchilar jamoamizda bo'lishini, umuman olganda kuni kelib “Neftchi” futzal jamoamiz Osiyo chempionatlarida munosib ishtirok etib, xalqaro maydonlarda yurtimiz, klubimiz shanini munosib himoya qilishni istaymiz. Biz bu maqsadlar yo'lida astoydil ishlaymiz.          




#

Klub

O'

YU

D

M

T-N

O

1

AGMK

22

20

0

2

135-41

60

2

Paxtakor

22

16

3

3

94-51

51

3

Neftchi

22

12

7

3

78-48

43

4

Metallurg

22

11

4

7

83-72

37

5

Buxoro

22

10

5

7

90-74

35

6

Bunyodkor

22

8

5

9

80-79

28

7

Nasaf

22

7

5

10

82-81

26

8

Lokomotiv

22

7

4

11

72-91

25

9

So'g'diyona

22

7

3

12

73-83

24

10

Navbahor

22

6

3

13

65-94

23

11

Qo'qon-1912

22

6

3

13

86-123

21

12

Qizilqum

22

0

1

21

38-139

1

    

  




Bekzod Tolibov tayyorladi.    


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика