Futzal. Amaldagi jahon chempionlari Toshkentda!
31 jan 2021 02:58
Yangiliklar


Futzal. Amaldagi jahon chempionlari Toshkentda!
2-3 fevral kunlari futzal bo'yicha Argentina terma jamoasi Toshkentda O'zbekiston terma jamoasiga qarshi ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabar bergan edik.
Argentinalik futzalchilari joylashgan uchoq biroz avval Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'ngan. "Championat.asia" muxbirining xabar berishicha, janubiy amerikalik sportchilar ayni paytda koronavirus infekciyasi uchun test topshirishmoqda. SHundan keyin ular Tashkent Sity'dagi "Hilton" mehmonxonasiga joylashishadi.
Bugun 16:00 da O'zbekiston terma jamoasi, 18:00 da esa Argentina terma jamoasi "O'zbekiston" sport majmuasida mashg'ulot o'tkazadi. Mashg'ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar