Futzal. Abdulla Bo'riev: "Ardus" emas "Nasaf" bilan o'ynashimiz yaxshi"
21 fev 2015 12:09
Yangiliklar

Futzal. Abdulla Bo'riev: "Ardus" emas "Nasaf" bilan o'ynashimiz yaxshi"
Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining 4-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:5) uchrashuvidan so'ng "qaldirg'ochlar" bosh murabbiyi Abdulla Bo'riev o'z fikrlarini bildirdi.
"Yigitlarning harakatidan qoniqmadim. Sababi biz deyarli pley-offga chiqib bo'lgandik. SHu bois ham shogirdlarim u qadar yaxshi o'ynay olishmadi. "Paxtakor"da ham yo'qotadigan narsasi yo'q edi, raqib ham yoshlarni maydonga tushirdi. Bir so'z bilan aytganda g'alaba qozonsak ham bugungi o'yindan qoniqmadim", - deb gap boshladi Abdulla Bo'riev.
- Pley-offda katta ehtimol bilan "Nasaf"ga qarshi o'ynaysizlar...
- To'g'ri aytdingiz. "Nasaf"ga qarshi o'ynashimiz deyarli aniq. Bizda yarim finalga chiqish imkoniyati oshdi. Bilsangiz kerak, aynan shu jamoa bizni ikki marta xafa qilgandi. So'nggi soniyalarda gol urib g'alaba qozonib ketgandi. Bundan tashqari O'zbekiston kubogida ham aynan "Nasaf"ga qarshi o'ynaymiz.
- Bu bosqichda "Ardus" emas "Nasaf" bilan o'ynashinglar yaxshimi yoki yomon?
- Menimcha "Nasaf"ga qarshi o'ynashimiz yaxshi. Sababi baribir "Ardus" va "Olmaliq" etakchi jamoalar. Aynan shu ikki jamoa finalda o'ynashsa kerak, bu shaxsiy fikrim. "Nasaf" bizga qulay raqib.
Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Fikrlar