So’nggi yangiliklar

09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  7 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  6 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  15 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  11 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  4 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  92 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  43 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3

Futzal. Abdulla Bo'riev: "Akbar Usmonov O'zbekistondagi to'purarlik mahoratini Osiyo chempionatida ham ko'rsatishini istayman" Yangiliklar

Futzal. Abdulla Bo'riev: "Akbar Usmonov O'zbekistondagi to'purarlik mahoratini Osiyo chempionatida ham ko'rsatishini istayman"

Ertadan boshlab Quvayt mamlakatida futzal bo'yicha Osiyo chempionati start oladi.


O'zbekiston terma jamoasi "B" guruhida Bahrayn, Tojikiston, Turkmaniston bilan kuch sinashadi. Aftidan hamyurtlarimiz o'rin olgan kvartetdagi raqiblarimiz daraja jihatdan pastroqdek. Bu borada taniqlik sobiq futzalchi Abdulla Bo'riev musobaqa starti oldidan vakillarimizning imkoniyatlari, turnir favoritlari haqida fikrlari bilan bo'lishdi. 



Futzal bo'yicha Osiyo chempionati. O'zbekiston joy olgan guruh haqida nimalarni bilamiz?


- Futzalchilarimizdan xalqaro musobaqalarda doim yaxshi natija kutganmiz. Bu Osiyo chempionatida ham avvalgilaridan kam bo'lmagan natija ko'rsatishlariga ishonamiz. SHaxsan o'zim kamida finalgacha etib borishimizni o'ylamoqdaman. Albatta medal bilan qaytishlarini tilab qolamiz. 



- Guruhdagi raqiblarimizni bizdan ancha past, demagan bo'lardim. Ular ham munosib tayyorgarlik ko'rib kelishgani aniq. Oson bo'lmaydi. Biroq yigitlar buni uddalashadi. Guruhdan birinchi o'rin bilan chiqamiz, degan umiddaman. 

- Osiyo chempionati g'olibligi uchun favoritlar o'zgarmasa kerak. Eron, Yaponiya, Tailand va O'zbekistonda imkoniyat katta. SHuningdek, Vetnam ham bor. 



- Futzalchilarimizga kelsak, xursand qiladigani jarohatlarsiz etib borishdi. Davron CHoriev, Husniddin Nishonov, Akbar Usmonovdan ko'p narsa kutyapman. Ularning orasida Akbar shunday musobaqalarda o'zini ko'rsatishga qiynalmoqda. To'purarlik mahoratini O'zbekiston chempionatida ko'rsatmoqda. Endilikda Osiyo chempionatida ham buni ko'rsatishini xohlayman. Murabbiylar shtabiga, futzalchilarga omad tilab qolaman. Yuzligisi yorug' bo'lib, yurtimiz bayrog'ini baland ko'tarib oltin medallar bilan qaytishlarini tilayman


Akbar Usmonov: "Guruhdoshlarimizning birortasini kuchsiz demagan bo'lardim"

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика